إِذَا ٱلشَّمْسُ كُوِّرَتْ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Vaqtiki, quyoshni buklab, o`ralsa.Вақтики, қуёшни буклаб, ўралса.Alauddin Mansour: Quyosh oʻralib (nursizlanib) qolganida;Қуёш ўралиб (нурсизланиб) қолганида;
Siz bilan biz insonlar biladigan sayyoralar majmuasi «Quyosh majmuasi» deb nomlanishi va oʻsha majmuada Quyosh eng ulkan narsa ekanligi hammamizga maʼlum. Shuningdek, olimlar: Quyosh hajmi bilan Yer hajmi orasidagi farq katta tarvuz bilan kichik noʻxat donachasi orasidagi farqchalik, deb aytadilar.
Demak, bir vaqt kelib, shunchalar katta hajmga ega boʻlgan, yogʻdusi biz tasavvur qila olmaydigan kenglikka taralib turgan, oʻzidagi issiqlik quvvati ila sonsiz-sanoqsiz narsalarni manfaatlantirib turgan Quyosh oʻralib, toʻplanib qoʻyilar ekan. Oyati karimadagi taʼbirdan bu ishning qilinishi hech qanday kuch-quvvat, urinish, harakat sarflanmay amalga oshishi bilinib turibdi. Bu esa, oʻz navbatida, qiyomatni qoim qilish Alloh taolo uchun naqadar oson ish ekanini bildiradi. Zotan, mazkur ulkanliklarga ega boʻlgan Quyoshni shundoqqina oʻrab, yigʻib qoʻyish u kundagi koʻplab ishlardan arzimagan biri, xolos.