QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
At-Takwir surasi · Oyatсураси · Оят2

وَإِذَا ٱلنُّجُومُ ٱنكَدَرَتْ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va vaqtiki yulduzlar uzilib tushib, sochilib ketsa.Ва вақтики юлдузлар узилиб тушиб, сочилиб кетса.Alauddin Mansour: Yulduzlar ham (oʻz falaklaridan) toʻkilganida;Юлдузлар ҳам (ўз фалакларидан) тўкилганида;

586-sahifa · 30-juz · 59-hizb586-саҳифа · 30-жуз · 59-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِذَاva vaqtikiва вақтикиٱلنُّجُومُyulduzlarюлдузларٱنكَدَرَتْsochilib ketsaсочилиб кетса
TafsirТафсир

Tunda koʻzimizga kichkina boʻlib koʻrinadigan yulduzlar aslida juda ham katta osmon jismlari ekanligi hammamizga maʼlum. Ular bizdan juda ham uzoq boʻlganlari uchungina kichik koʻrinadilar. Aslida esa, millionlab yillar davomida oʻz burjlarida bardavom turgan nihoyatda ulkan sayyoralardir. Yulduzlar doimo bir xil turishiga koʻzimiz oʻrganib qolgan. Ularning uzilib pastga tushishi amri mahol koʻrinadi. Baʼzi oʻta kichik yulduzlardan sachragan «kometa» deb nom olgan arzimas uchqun tusha boshlaganda falakiyot ilmi olimlari, mabodo, shu arzimas uchqun yerga tegsa, dunyo hayoti, yer kurrasi tamom boʻladi, deb dod-voy soladilar.

Ushbu oyati karima xabar berishi boʻyicha esa, bir vaqt kelib barcha yulduzlar xuddi tutdek toʻkilib, sochilib ketar ekan. Qiyomat kuni sodir boʻladigan ushbu ulkan inqilob xuddi kichik bir tut daraxtining mevasi toʻkilib atrofga sochilib ketgandek vasf qilinmoqda. Zotan, bizga gʻoyat ulkan boʻlib koʻrinayotgan ish Alloh taolo uchun hech narsa emas. Binobarin, U zot azza va jalla uchun qiyomatni qoim qilish ham hech narsa emas.