وَإِذَا ٱلْجَحِيمُ سُعِّرَتْ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va vaqtiki, jahannam qizdirilsa.Ва вақтики, жаҳаннам қиздирилса.Alauddin Mansour: Doʻzax (kofirlar uchun) lovullatib yoqilganida;Дўзах (кофирлар учун) ловуллатиб ёқилганида;
Yuqorida oʻtgan oʻn uch oyat qiyomat kuni boʻladigan ulkan oʻzgarishlar, voqealardan baʼzi koʻrinishlarni tasvirlab beradi. Boshqa suralarda ham bu kunning vasfi keladi, lekin boshqacharoq. Har bir suraning oʻziga mos soʻz, jumlalar-la va undagi mavzuga mos qilib vasfi keltiriladi. Bir surada bir koʻrinishlar keltirilsa, ikkinchisida boshqasi keltiriladi va hokazo. Bu voqealar oʻsha dahshatli kunda birin-ketin, bosqichma-bosqich boʻlib oʻtadi. Falon surada undoq degan edi, bunisida bundoq, debdi, orasida nima farqi bor, degan savollarga hojat yoʻq. Hammasi oʻz joyida hakiymona keltirilgan.
Demak, yuqoridagi dahshatli hodisalar boʻlib, doʻzax kofirlar uchun qizdirilib, jannat moʻminlar uchun yaqinlashtirilgandan soʻng nima boʻladi?