QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
At-Takwir surasi · Oyatсураси · Оят11

وَإِذَا ٱلسَّمَآءُ كُشِطَتْ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va vaqtiki, osmon qo`porilsa.Ва вақтики, осмон қўпорилса.Alauddin Mansour: Osmon (yerning ustidan) sidirib olinganida;Осмон (ернинг устидан) сидириб олинганида;

586-sahifa · 30-juz · 59-hizb586-саҳифа · 30-жуз · 59-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِذَاva vaqtikiва вақтикиٱلسَّمَآءُosmonосмонكُشِطَتْqoʻporilsaқўпорилса
TafsirТафсир

Osmon inson koʻz oldida doimo namoyon boʻlgan eng katta va eng mustahkam narsadir. Inson boshini toʻgʻri tutsa, yuqori koʻtarsa, osmonni koʻradi. Osmonning cheti yoʻq. Uning chegarasi yoʻq. Hamma narsani osmon qamrab olgandek boʻlib koʻrinadi. Osmonga bu dunyoda boʻlayotgan narsalar taʼsir ham qilmaydi. Umuman, osmonga yetish va unga taʼsir qilish amrimaholdek tuyuladi. Ammo, qiyomat kuni oʻshandoq ulkan va cheksiz osmon ham oʻz joyidan osongina qoʻporilar ekan. Bu hodisa qanchalik dahshat ekanini shundan ham tasavvur qilish mumkinki, osmon emas, osmondagi yer kurrasini oʻrab turgan azon qoplamaning baʼzi nuqtasi siyraklashib qolayotgani uchun yer yuzini qoplab olishi mumkin boʻlgan balo-ofatlar haqida mutaxassislar tinmay jar solib, bahsu munozaralar olib bormoqdalar. Bunda gap osmon haqida emas, osmonning kichik bir nuqtasi boʻlmish, yerni qoplab turgan havo toʻgʻrisida gap ketmoqda. Endi, buni mazkur osmonni biryoʻla qoʻporib olish bilan tenglashtirib koʻring. Ana shundoq ishni qilishi oson boʻlgan Zot qiyomatni qoim qilishi ham juda oson, u kunda siz bilan bizni qayta tiriltirib soʻroq-savol qilishi undan ham oson. Chunki, mazkur ulkan dahshatlarni sodir etib, qiyomatni qoim qilishdan asosiy maqsad ham shu. Shuning uchun ham, kelasi ikki oyatda borliqda sodir boʻladigan yuqoridagi ulkan inqiloblar soʻngida boʻladigan savol-javobdan keyin odamlarni bu dunyoda qilgan amallariga qarab yuboriladigan asosiy joylari doʻzax va jannat zikr qilinmoqda.