QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
At-Takwir surasi · Oyatсураси · Оят14

عَلِمَتْ نَفْسٌ مَّآ أَحْضَرَتْ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Har bir jon nima hozirlaganini biladir.Ҳар бир жон нима ҳозирлаганини биладир.Alauddin Mansour: (Ana oʻsha Kunda har bir) jon oʻzi (mana shu Kun uchun) hozirlab kelgan narsani (yaʼni, barcha yaxshi-yomon amallarini) bilur!(Ана ўша Кунда ҳар бир) жон ўзи (мана шу Кун учун) ҳозирлаб келган нарсани (яъни, барча яхши-ёмон амалларини) билур!

586-sahifa · 30-juz · 59-hizb586-саҳифа · 30-жуз · 59-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
عَلِمَتْbiladiбиладиنَفْسٌۭhar bir jonҳар бир жонمَّآnimaniниманиأَحْضَرَتْhozirlaganiniҳозирлаганини
TafsirТафсир

Yaʼni, har bir jon oʻsha yuqorida zikr qilingan ulkan dahshatli kun–qiyomat kuni uchun oʻzi nima hozirlab qoʻyganini biladi. Chunki, oʻsha kunda uning bu dunyoda qilgan hamma ishlari zarra miqdoricha ham qoldirmay oʻziga koʻrsatiladi. Oʻsha kuni bu amal aniq oʻlchaydigan tarozida tortiladi. Yaxshi amal qilganlar yaxshi oqibatga erishib, firdavs jannatidan joy oladilar. Yomon amal qilganlar esa, yomon oqibatga erishib, jahannamga otiladilar.

Yuqoridagi oyati karimalarda qiyomatda boʻladigan ulkan va oʻta dahshatli hodisalarni zikr etib, ularning oqibati nima bilan tugashi aytilgandan keyin, endi keladigan oyatlarda Alloh taolo Oʻzi yaratgan baʼzi narsalar bilan qasam ichishni boshlaydi.