QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
At-Takwir surasi · Oyatсураси · Оят15

فَلَآ أُقْسِمُ بِٱلْخُنَّسِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: (Kunduzi) maxfiy bo`luvchi(yulduz)lar bilan qasam.(Кундузи) махфий бўлувчи(юлдуз)лар билан қасам.Alauddin Mansour: Bas, Men (kunduzlari koʻzdan) gʻoyib boʻlguvchi (yulduz)larga qasam;Бас, Мен (кундузлари кўздан) ғойиб бўлгувчи (юлдуз)ларга қасам;

586-sahifa · 30-juz · 59-hizb586-саҳифа · 30-жуз · 59-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَلَآbas, yoʻqбас, йўқأُقْسِمُqasam ichamanқасам ичаманبِٱلْخُنَّسِmaxfiy boʻluvchi yulduzlar bilanмахфий бўлувчи юлдузлар билан
TafsirТафсир

Ushbu oyatda zikr qilingan «xunnas» soʻzi bir koʻrinib, bir koʻrinmay turadigan narsalarga ishlatiladi. Yulduzlar ham, kechasi koʻrinib, kunduzi koʻrinmay turgani uchun, arab tilida «xunnas» deb ataladi. Alloh taolo oʻzi yaratgan narsalardan qaysi biri bilan qasam ichsa, oʻsha narsa ahamiyatli boʻladi. Ushbu oyatda Alloh taolo yulduzlarning kunduzi kishilar koʻzidan maxfiy boʻlib turgan holi ila qasam ichmoqda. Kelasi oyatda esa kechasi samoda yuruvchi boʻlgan va oxiri borib oʻz burjiga berkinuvchi boʻlgan holi bilan qasam ichmoqda: