QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
At-Takwir surasi · Oyatсураси · Оят19

إِنَّهُۥ لَقَوْلُ رَسُولٍ كَرِيمٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta u(Qur'on) karamli elchining so`zidir.Албатта у(Қуръон) карамли элчининг сўзидир.Alauddin Mansour: Shak-shubhasiz, u (Qurʼon) bir ulugʻ elchining (yaʼni, Jabroil farishtaning Alloh taolo tomonidan keltirgan) soʻzidir.Шак-шубҳасиз, у (Қуръон) бир улуғ элчининг (яъни, Жаброил фариштанинг Аллоҳ таоло томонидан келтирган) сўзидир.

586-sahifa · 30-juz · 59-hizb586-саҳифа · 30-жуз · 59-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّهُۥalbatta uалбатта уلَقَوْلُsoʻzidirсўзидирرَسُولٍۢRasulningРасулнингكَرِيمٍۢkaramliкарамли
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimada biz «karamli elchi» deb tarjima qilgan tarkib «Rasulin karim» deb kelgan va Jabroil farishta alayhissalomni anglatadi. U zotga, maʼlumki, Paygʻambarimizga vahiy orqali Qurʼoni Karimni yetkazib turish vazifasi yuklatilgan.

Demak, Alloh taoloning avval oʻtgan toʻrt oyatda takror-takror qasam ichishidan maqsadi Qurʼoni Karimning haq ekanini tasdiqlash ekan.

Alloh taolo qasam ila taʼkidlab, Qurʼonni Oʻzidan Paygʻambari Muhammad sollallohu alayhi vasallamga yetkazuvchi vositachi juda ham ulugʻ zot ekanini taʼkidlamoqda. Qurʼonni eltuvchi zot karamli Rasul ekan, farishtalarning ulugʻi Jabroil alayhissalom ekan. Binobarin, Qurʼon haqida hech qanday shak-shubha qilishga oʻrin yoʻq ekan. Unga zudlik bilan iymon keltirib, amal qilishga oʻtish kerak ekan.

Kelasi oyatda Qurʼonni Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga yetkazib turuvchi Jabroil alayhissalomni vasf qilish davom etadi.