وَٱلصُّبْحِ إِذَا تَنَفَّسَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Nafas olib kirib kelgan tong bilan qasam.Нафас олиб кириб келган тонг билан қасам.Alauddin Mansour: Va otayotgan tongga qasam ichurmanki,Ва отаётган тонгга қасам ичурманки,
Subh–tong ham Alloh taolo yaratgan ajoyib narsalardan biri. Subhning vasfini, goʻzalligini qanchadan-qancha shoirlar kuylab oxiriga yetkaza olmagan, qanchadan-qancha soʻz ustalari, qalamkashlar, adiblar bayon etib ado qila olmaganlar, qanchadan-qancha rassomlar uning vasfida ojiz qolganlar. Bor narsani vasf qilishga ojiz bandalarning Xoliqi esa Oʻzi xalq qilgan subhni ushbu oyatda ikki soʻz bilan moʻʼjizaviy tarzda vasf etmoqda. Subh nafas olganda, demoqda, xuddi, subh jonli narsa-yu, kechasi uxlab yotgan edi-yu, tun bitgandan soʻng uygʻonib nafas olgandek vasf qilmoqda. Nafas olish hayot demakdir. Sahar payti nafas olib kelgan tong kunduzi bilan hayot qaynashiga ishoratdir. Ana oʻsha payt bilan ham Alloh taolo qasam ichmoqda.
Alloh taolo kunduzi koʻzdan yashirinuvchi, kechasi koʻrinuvchi yulduzlar bilan, kechaning kirib kelishi va tongning otishi bilan qasam ichmoqda. Bular nihoyatda ulkan hodisalar. Agar undoq boʻlmasa, Alloh taolo ular bilan qasam ichmasdi. Musulmonlar bu narsalarga katta eʼtibor bermoqlari kerak. Odatda, qasamdan soʻng keladigan xabar nihoyatda muhim boʻlishini bilamiz. Qani, koʻraylik-chi, Haq taolo bu qasamlardan soʻng nimani taʼkidlamoqchi ekan?