مُّطَاعٍ ثَمَّ أَمِينٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Itoat qilingan, omonatlidir.Итоат қилинган, омонатлидир.Alauddin Mansour: U joyda (yaʼni, osmonlarda farishtalar tomonidan) itoat etilguvchi, ishonchli (elchining Alloh taolo tomonidan keltirgan soʻzidir).У жойда (яъни, осмонларда фаришталар томонидан) итоат этилгувчи, ишончли (элчининг Аллоҳ таоло томонидан келтирган сўзидир).
Yaʼni, Jabroil farishtaga barcha oʻziga xos farishtalar itoat qiladi. Ular unga itoat qilishdan zarracha ham boʻyin tovlamaydi. U boʻlsa, vahiyni omonat bilan yetkazadi, xiyonat qilmaydi.
Demak, Jabroil alayhissalomda Qurʼonni turli nuqsonlardan saqlash uchun kerak boʻlgan barcha sifatlar mavjud. Uning oʻziga itoat qiladigan xizmatchilari–yordamchilari ham bor. Oʻsha yordamchilar uning itoatidan hech chiqmaydilar. Ular Qurʼonga tegishli xizmatlarni oliymaqom etib ado etadilar. Eng muhimi, Jabroil alayhissalomning oʻzi omonatli, ishonchli. Ul zot «amiynul vahiy» nomini olgandilar. Alloh taolo Jabroil alayhissalomni Oʻz vahiysiga amiyn–ishonchli shaxs qilib olgan. Jabroil alayhissalom Alloh taoloning barcha Paygʻambarlariga vahiyni omonat bilan yetkazib kelayotgan farishtadir. Undan hech bir xiyonat sodir boʻlmagan va boʻlishi mumkin ham emas. Shuning uchun ham, hech kimning Qurʼon haqida zarracha shubha qilishga haqqi yoʻq!
Alloh taolo oʻtgan oyatlarda avval qiyomat vasfini qildi. Va insonning ahvoli u kunda qandoq boʻlishini bayon qildi. Soʻng, oʻzining turli maxluqotlari bilan qasam ichdi va Qurʼoni Karim haqiqiy ilohiy kitob ekanini taʼkidladi. Keyin, uni olib keluvchi farishta Jabroil alayhissalomning sifatlarini aytdi. Endi, Qurʼoni Karimni qabul qilib oluvchi zot Muhammad sollallohu alayhi vasallamning vasflarini bayon qiladi. Yaʼni, Alloh taolo Qurʼoni Karimning hamma tarafdan bekami-koʻst ekanini isbotlamoqda.