QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
At-Takwir surasi · Oyatсураси · Оят8

وَإِذَا ٱلْمَوْءُۥدَةُ سُئِلَتْ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va vaqtiki, tiriklay ko`milgan qizdan so`ralsa.Ва вақтики, тириклай кўмилган қиздан сўралса.Alauddin Mansour: Tiriklay koʻmilgan (har bir) qizdan soʻralganida,Тириклай кўмилган (ҳар бир) қиздан сўралганида,

586-sahifa · 30-juz · 59-hizb586-саҳифа · 30-жуз · 59-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِذَاva vaqtikiва вақтикиٱلْمَوْءُۥدَةُtiriklay koʻmilgan qizтириклай кўмилган қизسُئِلَتْsoʻralsaсўралса
TafsirТафсир

Islomdan avvalgi, johiliyat davrida arablarning koʻplab noinsoniy, vahshiyona urf-odatlari bor edi. Jumladan, ularda qiz bolani tahqirlash haddan ziyod edi. Hattoki, katta boʻlsa, urushlarda qatnasha olmaydi, qaytaga, asir tushib bizga sharmandalik keltiradi, deb qiz bolalarni tiriklay koʻmib yuborar edilar. Ushbu ikki oyatda mushriklarning bu ishi qattiq qoralanmoqda va qiyomat kuni bu haqda savol-javob boʻlishi taʼkidlanmoqda.

Tabiiyki, qiyomat kuni faqat shu mazkur narsa haqidagina savol-javob boʻlmaydi. Balki, zarracha, misqolcha amal haqida ham savol-javob boʻladi. Ammo, nima uchun aynan qiz bolani tiriklay koʻmib yuborish ishi haqida alohida taʼkidlanmoqda. Bu, avvalo, ushbu oyati karimalar nozil boʻlayotgan davr talabi shu ekanining dalolatidir. Ushbu oyatlar Islomning dastlabki davrida nozil boʻlgan. Oʻsha vaqtda nozil boʻlayotgan oyatlar kalimai tavhidga, sof iymon va eʼtiqodga chaqirib, shirk, kufr va buzuq eʼtiqodlardan qaytarish bilan birga, moʻminlik fazilatlariga daʼvat qilib, kofirlik razolatlaridan qaytarar edi. Oʻsha payt johiliyatining koʻzga koʻringan razolatlaridan biri esa, ayol jinsini past sanash, odam oʻrnida koʻrmaslik va oʻsha tasavvurning samarasi oʻlaroq, qizlarni tiriklay koʻmib yuborish odati edi.

Eng muhimi esa, bu oyat Islom dini dunyoda birinchi boʻlib ayol jinsini ulugʻlash borasida yolgʻiz oʻzi kurash boshlaganining alomatidir. Ha, oʻsha davrda ayollarning insonlik huquqlarini himoya qiladigan Islomdan boshqa tomon yoʻq edi. Ana shundoq bir paytda Islom ayol jinsi ham toʻlaqonli odam sifatida, Alloh taolo mukarram etgan inson sifatida haqqini olishi uchun oʻz kurashini boshladi. Oʻsha paytda nozil boʻlgan oyati karimalar ayol haqidagi Islomiy taʼlimotlarni bayon qilish bilan birga, ayol jinsini yerga uruvchi johiliy urf-odatlar va qonun-qoidalarni qattiq qoralar edi. Ana oʻsha narsalardan eng koʻzga koʻringani qizlarni tiriklayin koʻmib yuborib, u keltiradigan or-nomusdan qutuldim, deb gʻurur bilan gerdayib yurish edi. Oʻsha vaqt odamlarning guvohlik berishlaricha, qiz bola 4–5 yoshlariga yetganda ota uni koʻmib tashlamoqchi boʻlsa, onasiga qizimizni yasantirib ber, oʻynatib kelay, der edi. Bechora ona «oʻynatib kelish» nima ekanligini yaxshi bilsa ham, johiliyat qonuniga qarshi chiqa olmas edi. U, yurak-bagʻri tilka-pora boʻlgan holda, qon yutib, oʻz jigargoʻshasini beshafqat eriga yasantirib berardi. Ota nomidagi maxluq boʻlsa, qizni ovloqroq bir joyga olib borar, unga oʻyinchoq berib oʻynatib qoʻyib, oʻzi chuqur qazir edi. Chuqur tayyor boʻlganda qizni oʻshanga tushib oʻynashga amr etar va chuqurda oʻynab turgan goʻdakni oʻyini, oʻyinchogʻi bilan shafqatsizlarcha koʻmib tashlar edi. Inson nomiga dogʻ boʻlgan bu ish johiliyatning qingʻir tarozisida «yuqori daraja» deb tortilardi. Bu ishga hech kim qarshi chiqa olmas edi. Oʻsha noinsoniy odatga birinchi boʻlib Islom qarshi chiqdi.

Mana «Takvir» surasining avvalidan boshlab qiyomat qoʻrqinchlarini vasf qilib, hammani uning dahshatidan qoʻrqitib olib, ana shundoq kunda odamlarga nima boʻlar ekan, degan savol paydo boʻlganda, birinchi boʻlib, tiriklayin koʻmib tashlangan qizlarning nima gunohi uchun koʻmilganlari sababi ularni koʻmganlar va koʻmishga hukm chiqarganlardan soʻralishi taʼkidlab aytilmoqda.

Darhaqiqat, jajji qizchalar nima gunohlari uchun bunchalik beshafqatlik bilan oʻldirilar edi? U osuda goʻdaklarning nima gunohi bor edi? Hali ular gunoh qilish yoshiga yetmagan norasida edilar-ku?! Ha, adolat, haqiqat nazari bilan qaraladigan boʻlsa, u qizchalarning zarracha ham gunohlari yoʻq edi. Ammo johiliyat nazarida ularning ayblari juda ham katta–qiz boʻlib tugʻilganlari edi. Qurʼoni Karim mazkura himoyasiz qizlarga homiy boʻldi. Ularning hayot kechirish haqqlarini himoya qildi. Qiz bolalarni tiriklay koʻmganlar qiyomat kuni eng avval shundan soʻralishlarini asrlar davomida, qiyomatgacha ibodat uchun oʻqiladigan oyatlarga bitib qoʻyildi.

Kelgusi oyatda esa, qiyomat kuni boshqa amallar haqida ham soʻralishi haqida umumiy bayonot berilmoqda.