وَإِذَا ٱلنُّفُوسُ زُوِّجَتْ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va vaqtiki, nafslar juftlashtirilsa.Ва вақтики, нафслар жуфтлаштирилса.Alauddin Mansour: Jonlar (qaytadan badanlarga) juftlanganida;Жонлар (қайтадан баданларга) жуфтланганида;
Yaʼni, ruh tanaga qaytarilib, ikkovlari birlashsalar.
Ulamolarimiz, jumladan, imom Tobariy ushbu oyatning ikkinchi bir taʼviyli ham borligini aytadilar. Oʻsha taʼviylga binoan, oyatga, agar bir-biriga oʻxshash jonlar bir-birlariga qoʻshilsa, degan maʼno beriladi. Yaʼni, qiyomat kuni yaxshi kishilar yaxshilarga qoʻshilib jannatga kiritiladi, yomon kishilar yomon kishilarga qoʻshilib doʻzaxga kiritiladi.
Bizning ojiz fikrimizcha, oyati karima mazkur ikki maʼnoni ham oʻzida mujassam qilgandir. Shuning uchun ham, aynan ushbu shaklda taʼbir etilgan. Qiyomat kuni oldin jonlar tanaga qoʻshiladi, birga tiriladi, soʻngra esa, yaxshi jon yaxshi jonga, yomon jon yomon jonga qoʻshilib, oʻzlari uchun tayyorlangan joyga boradilar. Zotan, qiyomatning qoim boʻlishidan asosiy hikmat ham kishilarning ruhini tanasi ila qayta juftlashtirib, soʻngra yaxshilarni birga qoʻshib jannatga, yomonlarni birga qoʻshib doʻzaxga yuborishdir. Ana oʻsha kunda, albatta soʻroq-savol boʻlishi kelgusi oyatda zikr qilinmoqda: