QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
At-Takwir surasi · Oyatсураси · Оят6

وَإِذَا ٱلْبِحَارُ سُجِّرَتْ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va vaqtiki, dengizlar alanga olib yonsa.Ва вақтики, денгизлар аланга олиб ёнса.Alauddin Mansour: Dengizlar (tandir kabi) qizitilganida (va suv oʻrniga olov bilan toʻlganida);Денгизлар (тандир каби) қизитилганида (ва сув ўрнига олов билан тўлганида);

586-sahifa · 30-juz · 59-hizb586-саҳифа · 30-жуз · 59-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِذَاva vaqtikiва вақтикиٱلْبِحَارُdengizlarденгизларسُجِّرَتْalanga olib yonsaаланга олиб ёнса
TafsirТафсир

Odatda dengiz–suv olovni oʻchiradi, suv bilan olov bir-birlariga qarshi narsalar. Lekin qiyomat dahshatidan dengizlar ham olov boʻlib yonib ketar ekan.

Ha, qiyomat qoim boʻlishi ana shundoq ulkan va gʻayrioddiy bir narsadir. Har narsaga qodir Alloh taoloning qudrati ila siz bilan bizning tasavvurimizda amrimahol boʻlgan narsalar oʻz-oʻzidan boʻlaveradi u kunda. Bir tomchi suv olovlanib yonadi, desa, hech kim ishonmaydi. Chunki, suvda yonish qobiliyati yoʻq, aksincha, suv olovni oʻchirish uchun ishlatiladigan asosiy vositadir. Lekin, qiyomat shunchalik ulkan dahshatga, shiddatga toʻla bir kunki, u kunda bu dunyoning biz oʻrganib qolgan barcha oʻlchovlari ostin-ustin, algʻov-dalgʻov boʻlib ketadi. Chunki, bu kunni har bir narsaga qodir, qudratining cheki yoʻq Zot –Alloh taolo qoim qiladi. Ana oʻsha cheksiz qudratga sohib boʻlgan Zot, Oʻz qudrati ila suvga bergan oʻtni oʻchirish qobiliyatini teskarisiga–oʻt boʻlib yonish qobiliyatiga aylantirib qoʻyishi hech narsa emas. Ayni paytda, maʼlum miqdordagi yoki mintaqadagi suvlarni emas, barcha dengizlardagi suvlarni lovullab, olov purkab yonadigan qilib qoʻyadi. Qiyomat qoim qandoq boʻlishini bir oz boʻlsa ham oʻz tasavvurimizga yaqinlashtirish uchun dunyodagi barcha suvlarning lovullab yonayotganini koʻz oldimizga keltiraylik.