QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
At-Takwir surasi · Oyatсураси · Оят5

وَإِذَا ٱلْوُحُوشُ حُشِرَتْ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va vaqtiki, vahshiy hayvonlar bir joyga to`plansa.Ва вақтики, ваҳший ҳайвонлар бир жойга тўпланса.Alauddin Mansour: Vahshiy hayvonlar ham (bir joyga) toʻplanib qolganida;Ваҳший ҳайвонлар ҳам (бир жойга) тўпланиб қолганида;

586-sahifa · 30-juz · 59-hizb586-саҳифа · 30-жуз · 59-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِذَاva vaqtikiва вақтикиٱلْوُحُوشُvahshiy hayvonlarваҳший ҳайвонларحُشِرَتْbir joyga toʻplansaбир жойга тўпланса
TafsirТафсир

Odatda, vahshiy hayvonlar bir-birlari bilan ashaddiy dushman boʻladilar va hech qachon ikkitasi bir joyda turmaydi. Lekin qiyomat dahshatidan ular ham bir joyga toʻplanib qolarkan.

Oddiy holatda bir-biriga umuman yaqin kelmaydigan, mabodo, yaqin kelib qolsalar, hamma narsani unutib, bir-birini tilka- pora qilish payidan boʻladigan vahshiylar qiyomat kuni dahshatidan boshqacha boʻlib qolar ekan. Ha, qiyomat kuni dahshatidan eng ashaddiy vahshiy hayvonning ham vahshiyligidan asar qolmas ekan. Misli koʻrilmagan dahshat taʼsirida oʻzining eng ashaddiy dushmani boʻlgan boshqa vahshiy hayvonlar bilan bir joyga toʻplanib, atrofidagilarni his eta olmay, iligi qaltirab, dumi qisilib turaverar ekan.