وَإِذَا ٱلْعِشَارُ عُطِّلَتْ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va vaqtiki, homilasiga o`n oy to`lgan tuyalar qarovsiz qolsa.Ва вақтики, ҳомиласига ўн ой тўлган туялар қаровсиз қолса.Alauddin Mansour: (Qornidagi bolasi) oʻn oylik boʻlgan boʻgʻoz tuyalar ham boʻsh qoʻyib yuborilganida;(Қорнидаги боласи) ўн ойлик бўлган бўғоз туялар ҳам бўш қўйиб юборилганида;
Qadimda arablarda tuya eng qimmatli mulk hisoblangan: kishining mol-dunyosi, obroʻsi ham tuyalarning soni, sifatiga qarab oʻlchangan. Homilasi oʻn oylik boʻlib, tugʻishi yaqinlashgan tuya esa, eng qadrli hisoblangan, chunki tugʻsa, tuyalar soni yana koʻpayadi, sut boʻladi va hokazo. Shuning uchun ham, ular bundoq tuyalarga katta eʼtibor berganlar, oʻzlariga yaqinroq joyga bogʻlab, har damda undan xabar olib turganlar. Qiyomat dahshati shu qadar ulkanki, odam oʻzi yaxshi koʻrgan barcha narsalarini, shu jumladan homilasiga oʻn oy toʻlgan tuyalarini ham qarovsiz qoldiradi, xabar ololmaydi.