وَمَآ أَدْرَىٰكَ مَا يَوْمُ ٱلدِّينِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va, jazo kuni nima ekanini senga nima bildirdi?Ва, жазо куни нима эканини сенга нима билдирди?Alauddin Mansour: (Ey inson), sen jazo Kuni nima ekanini qayerdan ham bilursan?!(Эй инсон), сен жазо Куни нима эканини қаердан ҳам билурсан?!
Arab tilida bunday savollarni «istinkor» savoli deyiladi, yaʼni, eshituvchi bu narsani bilmasligi va bila olmasligini taʼkidlash uchun keltiriladi. Oʻzimizda ham birovga bir narsani bilmaysan, degan fikrni taʼkidlabroq aytmoqchi boʻlsak, sen buni qayerdan bilarding, deymiz. Yuqoridagi oyatlar ham mazkur maʼnoni anglatadi. Yaʼni, qiyomat kuni ulugʻ kun, uning haqiqatini bilishga senga yoʻl boʻlsin, degani. Savolning takror kelishi maʼnoni yanada kuchaytiradi.
Ana shundoq istinkor savolidan keyin, bandalarga qiyomat kunining haqiqati va mohiyatini Alloh taoloning Oʻzi vasf qilishga oʻtib, quyidagini aytmoqda: