QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Mutaffifin surasi · Oyatсураси · Оят14

كَلَّا ۖ بَلْ ۜ رَانَ عَلَىٰ قُلُوبِهِم مَّا كَانُوا۟ يَكْسِبُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yo`q! Ularning qilgan kasblari qalblariga mog`or bo`lib o`rnashib qolgandir.Йўқ! Уларнинг қилган касблари қалбларига моғор бўлиб ўрнашиб қолгандир.Alauddin Mansour: Yoʻq, (undoq emas)! Balki ularning dillarini oʻzlari kasb qilguvchi boʻlgan gunohlari qoplab olgandir!Йўқ, (ундоқ эмас)! Балки уларнинг дилларини ўзлари касб қилгувчи бўлган гуноҳлари қоплаб олгандир!

588-sahifa · 30-juz · 59-hizb588-саҳифа · 30-жуз · 59-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
كَلَّا ۖyoʻq!йўқ!بَلْ ۜbalkiбалкиرَانَmogʻor boʻlib oʻrnashganмоғор бўлиб ўрнашганعَلَىٰustigaустигаقُلُوبِهِمularning qalblariуларнинг қалблариمَّاnarsalariнарсалариكَانُوا۟edilarэдиларيَكْسِبُونَkasb qilarкасб қилар
TafsirТафсир

Yoʻq!!! Ular bizning oyatlarimizni «oʻtganlarning afsonasi» deyishdan qaytsinlar. Ish ular aytgandek emas. Ayb Qurʼonda emas. Aksincha, ularning qilgan gunohlari tufayli qalblarini mogʻor bosib qolgan. Shu sababli, qalblari Alloh taoloning oyatlari tilovatini eshitsalar ham taʼsirlanmaydigan boʻlib qolgan. Demak, ayb Qurʼonda emas, ayb ularning mogʻor bosgan qalblarida.

Ha, inson gunoh ishlarni qilaversa, qalbini mogʻor bosib, hech narsa taʼsir qilmaydigan boʻlib qoladi. Bu haqda Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamdan bir hadisi sharif vorid boʻlgan: «Moʻmin kishi gunoh ish qilsa, qalbida bir qora nuqta paydo boʻladi. Agar tavba qilib, u gunohdan butunlay qaytsa, istigʻfor aytsa, qalbi poklanadi, agar gunohni ziyoda qilsa, qalbidagi qora ham ziyoda boʻladi. Mana shu, Qurʼondagi «Kallaa bal rona ala quluubihim», deganidir».