QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Mutaffifin surasi · Oyatсураси · Оят15

كَلَّآ إِنَّهُمْ عَن رَّبِّهِمْ يَوْمَئِذٍ لَّمَحْجُوبُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yo`q!!! Albatta, ular o`sha kunda o`z Robbilarini ko`rishdan to`silurlar.Йўқ!!! Албатта, улар ўша кунда ўз Роббиларини кўришдан тўсилурлар.Alauddin Mansour: Hech shak-shubha yoʻqki, ular oʻsha (Qiyomat) Kunida Parvardigorlaridan toʻsilguvchidirlar. (yaʼni, Parvardigorning diydoriga yetish ularga hech nasib qilmagay)!Ҳеч шак-шубҳа йўқки, улар ўша (Қиёмат) Кунида Парвардигорларидан тўсилгувчидирлар. (яъни, Парвардигорнинг дийдорига етиш уларга ҳеч насиб қилмагай)!

588-sahifa · 30-juz · 59-hizb588-саҳифа · 30-жуз · 59-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
كَلَّآyoʻq!йўқ!إِنَّهُمْalbatta, ularалбатта, уларعَن-dan-данرَّبِّهِمْoʻz Robbilarini (koʻrish)ўз Роббиларини (кўриш)يَوْمَئِذٍۢoʻsha kundaўша кундаلَّمَحْجُوبُونَalbatta toʻsilguvchilardirалбатта тўсилгувчилардир
TafsirТафсир

Yoʻq!!! Ular bizning oyatlarimizni, «oʻtganlarning afsonasi» deyishdan qaytsinlar. Ish ular aytgandek emas. Agar vaqt borida oʻzlarini oʻnglab olmasalar, ular, albatta, qiyomat kuni Robbilarini koʻrishdan toʻsiladilar. Alloh taolo oʻsha kunda moʻmin-musulmon, taqvodor bandalarga oʻz jamolini koʻrsatadi, bu oʻsha bandalar baxt- saodatining oliy nuqtasi boʻladi. Xuddi oʻsha qiyomat kuni Alloh taolo kofir va fojir kimsalardan oʻz jamolini toʻsadi, bu oʻsha bandalar badbaxtliklarining eng nadomatli va dahshatli nuqtasi boʻladi.