QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Mutaffifin surasi · Oyatсураси · Оят16

ثُمَّ إِنَّهُمْ لَصَالُوا۟ ٱلْجَحِيمِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: So`ngra, albatta, ular jahiymga kiruvchilardir.Сўнгра, албатта, улар жаҳиймга кирувчилардир.Alauddin Mansour: Soʻngra shak-shubhasiz, ular doʻzaxga kirguvchidirlar.Сўнгра шак-шубҳасиз, улар дўзахга киргувчидирлар.

588-sahifa · 30-juz · 59-hizb588-саҳифа · 30-жуз · 59-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ثُمَّsoʻngraсўнграإِنَّهُمْalbatta, ularалбатта, уларلَصَالُوا۟albatta kiruvchilardirалбатта кирувчилардирٱلْجَحِيمِjahiymgaжаҳиймга
TafsirТафсир

Bu dunyoda gunoh qilib, qalblarini mogʻor bosib, Alloh taoloning oyatlarini «oʻtganlarning afsonalari» deb qarash oqibatida haddan oshuvchi va oʻta gunohkor boʻlib, qiyomat kunini yolgʻonga chiqaruvchi boʻlganlari uchun Allohning jamolini koʻrishdan toʻsilganlaridan soʻngra jahiymga kiritiladilar. Ularni doʻzaxga oddiygina kiritib qoʻymasdan, ularga taʼna soʻzlari ham aytiladi.

«Mana bu doʻzax sizlar u dunyoda yolgʻonga chiqargan narsa, kiring unga», deyiladi.

Bu dunyoda qiyomatni yolgʻonga chiqarib yurganlarning holi ana shundoq boʻladi.

Shu yergacha fujjor–gunohkor bandalarning qiyomat kunidagi hollari bayon qilindi. Bu dunyoda qiyomatga, hisob-kitobga ishonmay, fisqu fujur bilan mashgʻul boʻlib yurishning oqibati nima boʻlishining vasfi qilindi. Endi uning aksi, yaʼni, yaxshilik qiluvchi bandalar holi bayoniga kirishiladi.