QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Mutaffifin surasi · Oyatсураси · Оят17

ثُمَّ يُقَالُ هَـٰذَا ٱلَّذِى كُنتُم بِهِۦ تُكَذِّبُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: So`ngra, mana bu, sizlar yolg`onga chiqarib yurgan narsa, deyilur.Сўнгра, мана бу, сизлар ёлғонга чиқариб юрган нарса, дейилур.Alauddin Mansour: Soʻngra (ularga): «Mana shu sizlar yolgʻon deb yurgan narsa — azobdir», deyilur.Сўнгра (уларга): «Мана шу сизлар ёлғон деб юрган нарса — азобдир», дейилур.

588-sahifa · 30-juz · 59-hizb588-саҳифа · 30-жуз · 59-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ثُمَّsoʻngraсўнграيُقَالُdeyilarдейиларهَـٰذَاmana buмана буٱلَّذِىoʻsha narsakiўша нарсакиكُنتُمsizlar edingizсизлар эдингизبِهِۦuniуниتُكَذِّبُونَyolgʻonga chiqararёлғонга чиқарар
TafsirТафсир

Bu dunyoda gunoh qilib, qalblarini mogʻor bosib, Alloh taoloning oyatlarini «oʻtganlarning afsonalari» deb qarash oqibatida haddan oshuvchi va oʻta gunohkor boʻlib, qiyomat kunini yolgʻonga chiqaruvchi boʻlganlari uchun Allohning jamolini koʻrishdan toʻsilganlaridan soʻngra jahiymga kiritiladilar. Ularni doʻzaxga oddiygina kiritib qoʻymasdan, ularga taʼna soʻzlari ham aytiladi.

«Mana bu doʻzax sizlar u dunyoda yolgʻonga chiqargan narsa, kiring unga», deyiladi.

Bu dunyoda qiyomatni yolgʻonga chiqarib yurganlarning holi ana shundoq boʻladi.

Shu yergacha fujjor–gunohkor bandalarning qiyomat kunidagi hollari bayon qilindi. Bu dunyoda qiyomatga, hisob-kitobga ishonmay, fisqu fujur bilan mashgʻul boʻlib yurishning oqibati nima boʻlishining vasfi qilindi. Endi uning aksi, yaʼni, yaxshilik qiluvchi bandalar holi bayoniga kirishiladi.