وَإِذَا رَأَوْهُمْ قَالُوٓا۟ إِنَّ هَـٰٓؤُلَآءِ لَضَآلُّونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va agar u(mo`min)larni ko`rsalar, «Albatta, anavilar adashganlar», der edilar.Ва агар у(мўмин)ларни кўрсалар, «Албатта, анавилар адашганлар», дер эдилар.Alauddin Mansour: Qachon (moʻminlarni) koʻrsalar, «Ana ular shak-shubhasiz, yoʻldan ozguvchi kimsalardir», derdilar.Қачон (мўминларни) кўрсалар, «Ана улар шак-шубҳасиз, йўлдан озгувчи кимсалардир», дердилар.
Ha, agar kofirlar moʻminlarni koʻrsalar, oʻzaro bir-birlariga, anavi moʻminlar adashganlardir, adashib, oʻzlaricha, Allohga, Qurʼonga, Muhammadga, doʻzaxu jannatga, qiyomat boʻlishiga, savobu iqobga oʻxshash narsalarga ishonishib yuribdi. Ular adashib, namoz oʻqish kerak, roʻza tutish kerak, yaxshi boʻlish kerak, harom yemaslik kerak, yomonlik qilmaslik kerak, deb yurishibdi, deyishadi. Shuningdek, boshqa har xil gap-soʻzlarni aytishar edi.
Xoʻsh, kofirlarga moʻminlarni masxara qilish, ular adashib yuribdi, deyish huquqini kim berdi?! Ularning bu haqda biror hujjatlari bormi?! Nima uchun shunchalar oʻzlaridan ketishadi?