وَمَآ أُرْسِلُوا۟ عَلَيْهِمْ حَـٰفِظِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Holbuki, ular mo`minlar ustidan kuzatuvchi qilib yuborilganlari yo`q-ku!Ҳолбуки, улар мўминлар устидан кузатувчи қилиб юборилганлари йўқ-ку!Alauddin Mansour: Holbuki, ular (moʻminlarning) ustiga qoʻriqchi qilib yuborilgan emasdilar.Ҳолбуки, улар (мўминларнинг) устига қўриқчи қилиб юборилган эмасдилар.
Aksincha, Alloh taolo moʻminlarga kofirlarni dinu diyonatga, amalu ibodatga daʼvat qilishni amr qilgan-ku! Moʻminlar ularga Alloh taolo bergan hujjat asosida kofirlarni tuzatib, toʻgʻri yoʻlga solishlari kerak-ku!
Ammo bu dunyoning ishlari teskari ekan, kofirlar moʻminlar ustidan kulib turibdilar. Lekin u dunyoning ishi teskari emas, u dunyoda hamma narsa oʻz oʻrnini topadi. Qiyomat qoim boʻlganda, moʻminlar va kofirlarning holi tamoman boshqacha boʻladi.
Endi qiyomat kuni shu ikki toifaning–moʻminlar va kofirlar toifasining holi nima boʻlishi bayon qilinadi.