QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Mutaffifin surasi · Oyatсураси · Оят34

فَٱلْيَوْمَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ مِنَ ٱلْكُفَّارِ يَضْحَكُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Endi, bu Kunda iymon keltirganlar kofirlar ustidan kularlar.Энди, бу Кунда иймон келтирганлар кофирлар устидан куларлар.Alauddin Mansour: Endi bu (Qiyomat) Kunida iymon keltirgan zotlar kofirlardan kulurlar.Энди бу (Қиёмат) Кунида иймон келтирган зотлар кофирлардан кулурлар.

589-sahifa · 30-juz · 59-hizb589-саҳифа · 30-жуз · 59-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَٱلْيَوْمَbas, bu kundaбас, бу кундаٱلَّذِينَularуларءَامَنُوا۟iymon keltirganlarиймон келтирганларمِنَustidanустиданٱلْكُفَّارِkofirlarкофирларيَضْحَكُونَkularlarкуларлар
TafsirТафсир

Qiyomat kunida, oxiratda mutlaq adolat bilan ish koʻriladi. Unda bu dunyodagiga oʻxshab haqsizliklar boʻlmaydi. Har bandaga bu dunyoda qilgan amaliga qarab, zarracha ham zulm qilmasdan, jazo yoki mukofot beriladi. Moʻminlarga bu dunyodagi iymon-eʼtiqodlari uchun, amal va ibodatlari uchun hamda kofirlardan chekkan ozorlari uchun jannati naʼiym va maqomi oliylar beriladi. Kofirlarga esa, bu dunyodagi kufru fujurlari uchun, gunohu isyonlari uchun va moʻminlarga bergan ozorlari uchun jahannamning qaʼri va zaqqum zahari beriladi.

Ana oʻshanda moʻminlar kofirlar ustidan har qancha kulsalar arziydigan hol vujudga keladi va ular kofirlarning ustidan rosa kuladilar. Kulganda ham...