QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Mutaffifin surasi · Oyatсураси · Оят35

عَلَى ٱلْأَرَآئِكِ يَنظُرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Pardali, baland so`rilar ustida nazar solib turarlar.Пардали, баланд сўрилар устида назар солиб турарлар.Alauddin Mansour: Ular (jannatdagi) soʻrilarda (kofirlarning azoblanishiga) boqib (oʻtirurlar).Улар (жаннатдаги) сўриларда (кофирларнинг азобланишига) боқиб (ўтирурлар).

589-sahifa · 30-juz · 59-hizb589-саҳифа · 30-жуз · 59-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
عَلَىustidaустидаٱلْأَرَآئِكِpardali baland soʻrilarпардали баланд сўриларيَنظُرُونَnazar solib turarlarназар солиб турарлар
TafsirТафсир

Moʻminlar dur va yoqutlar bilan bezatilgan, atrofi goʻzal pardalar bilan toʻsilgan soʻrilarda yastanib yotib, doʻzax qaʼrida alvon azoblar chekayotgan kofirlarga nazar solib, ularning ustidan kuladilar. Moʻminlarning kofirlar ustidan kulishidan bir koʻrinishni «Al-Jomeʼ fi ahkomil Qurʼon» tafsiri sohibi imom alQurtubiy quyidagicha vasf qiladilar: «Doʻzaxiylar doʻzaxda turganlarida ularga, chiqinglar, deb doʻzaxning eshiklari ochiladi. Ular eshiklarning ochilganini koʻrishlari bilan, chiqmoqchi boʻlib oʻsha tomon otiladilar. Moʻminlar esa, baland soʻrilarda ularga nazar solib turadilar. Kofirlar doʻzax eshigiga yetib kelishlari bilan yopilib qoladi. Shunda moʻminlar ulardan kuladilar».