وَٱلسَّمَآءِ ذَاتِ ٱلْبُرُوجِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Burjlar egasi bo`lgan osmon bilan qasam.Буржлар эгаси бўлган осмон билан қасам.Alauddin Mansour: Burjlar egasi boʻlmish osmonga qasam;Буржлар эгаси бўлмиш осмонга қасам;
«Burj» deganda yulduzlarning maʼlum bir turkumiga aytilishini avval ham aytib oʻtildi. Misol uchun: Saraton burji, Asad burji yoki Mezon va hokazo.
Ushbu oyatda osmon bilan qasam ichib qoʻyavermay, uning burjlar egasi ekanligini zikr qilish ham maʼnoni kuchaytiradi. Alloh taolo faqatgina osmonni yaratgan emas, balki, unda yulduzlarni ham yaratib, ularga burjlar ham qilgan Zotligi eslatiladi. Bu esa, oʻz navbatida, oʻquvchi va tinglovchiga oʻshandoq ajoyib narsalarni yaratgan Xoliqning qudrati cheksiz ekanligini oʻziga xos sifatda eslatadi. Ana oʻsha narsalarni yaratishga qodir Zot kofirlardan oʻch olishga ham qodirligini taʼkidlaydi.