فِى لَوْحٍ مَّحْفُوظٍۭ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U Lavhul Mahfuzdadir.У Лавҳул Маҳфуздадир.Alauddin Mansour: Lavhul-Mahfuzdagi (yaʼni, har qanday buzilish va oʻzgarishdan saqlangan — himoyalangan Lavhdagi Buyuk Qurʼondir).Лавҳул-Маҳфуздаги (яъни, ҳар қандай бузилиш ва ўзгаришдан сақланган — ҳимояланган Лавҳдаги Буюк Қуръондир).
Lavhul Mahfuz Alloh taoloning huzurida boʻlib, unga hech qanday oʻzgarish kirishi mumkin emas. Qurʼon shunday ulugʻ, oʻzgarish kirishidan saqlangan boʻlsa, qanday qilib kofirlar uni yolgʻonga chiqaradilar? Yoki u haqda shak-shubha qiladilar. Imom Ahmad ibn Hanbal Abu Hurayradan rivoyat qiladilarki, Paygʻambarimiz alayhissalom xufton namozida («Alhamdu»dan soʻng) «Vassamai vattoriqi» va «Vassamai zatil buruji» suralarini oʻqir ekanlar.