وَمَا نَقَمُوا۟ مِنْهُمْ إِلَّآ أَن يُؤْمِنُوا۟ بِٱللَّهِ ٱلْعَزِيزِ ٱلْحَمِيدِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va (ular) mo`minlardan Aziyz, Hamiyd Allohga bo`lgan iymondan boshqa «ayb» topa olmadilar.Ва (улар) мўминлардан Азийз, Ҳамийд Аллоҳга бўлган иймондан бошқа «айб» топа олмадилар.Alauddin Mansour: Ular (moʻminlardan) faqat u (moʻmin)lar qudrat va maqtov egasi boʻlgan Allohga iymon keltirganlari uchungina oʻch oldilar!Улар (мўминлардан) фақат у (мўмин)лар қудрат ва мақтов эгаси бўлган Аллоҳга иймон келтирганлари учунгина ўч олдилар!
Ha, kofirlar doimo moʻminlardan ularning Alloh taologa boʻlgan iymonlaridan oʻzga hech bir ayb topa olmaganlar. Alloh taologa boʻlgan iymon doimo moʻminlarning kofirlar oldidagi aybi boʻlib kelgan. Lekin moʻminlar iymon keltirgan Alloh Aziyz sifatiga egadir. Shuning uchun ham, U Oʻz izzati ila moʻmin bandalariga yordam beradi, ularni oxir-oqibat gʻolib qiladi. Bu ish uchun moʻminlar Oʻzi Hamiyd–maqtalgan boʻlmish Alloh taologa yana hamd-maqtov aytadilar. Kelasi oyatda Alloh taoloning vasfi davom etadi.