ٱلَّذِى لَهُۥ مُلْكُ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۚ وَٱللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ شَهِيدٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U shunday zotki, osmonlaru yerning mulki Unga xosdir va Alloh har bir narsaga O`zi guvohdir.У шундай зотки, осмонлару ернинг мулки Унга хосдир ва Аллоҳ ҳар бир нарсага Ўзи гувоҳдир.Alauddin Mansour: U — osmonlar va Yerning podshohligi Oʻziniki boʻlgan Zotdir! Alloh barcha narsaga guvohdir!У — осмонлар ва Ернинг подшоҳлиги Ўзиники бўлган Зотдир! Аллоҳ барча нарсага гувоҳдир!
Kofirlar moʻminlarni iymonli boʻlganlari uchun azoblarga duchor qilib katta xato qiladilar. Chunki, moʻminlar iymon keltirgan Alloh taolo osmonlaru yerdagi barcha narsalarning moliki boʻlgan Zotdir. Dunyodagi hamma narsa Uning xos mulkidir. U nimani xohlasa, shuni qiladi. Uning irodasiga hech kim zid chiqa olmaydi. U moʻmin bandalarini azoblayotgan zolimlarni xohlagan lahzada halok qilishi mumkin. Mabodo, bu dunyoda kofirlarni jazolamasa ham,
«Alloh har bir narsaga Oʻzi guvohdir».
Hamma narsani koʻrib, bilib, hisob-kitob qilib turadi. Jumladan, kofirlar moʻminlarga nisbatan nima yomonliklar qilayotganlarini ham koʻrib, bilib, hisob-kitob qilib turadi. Xuddi ana shu hisob- kitob asosida qiyomat kuni kofirlarning jazosini beradi.
Moʻminlarga azob, ozor berganlarning qandoq azoblanishini kelgusi oyat vasf qiladi.