إِنَّ ٱلَّذِينَ فَتَنُوا۟ ٱلْمُؤْمِنِينَ وَٱلْمُؤْمِنَـٰتِ ثُمَّ لَمْ يَتُوبُوا۟ فَلَهُمْ عَذَابُ جَهَنَّمَ وَلَهُمْ عَذَابُ ٱلْحَرِيقِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, mo`min va mo`minalarni fitna qilib, so`ngra tavba qilmaganlarga, ana o`shalarga jahannam azobi va kuydiruvchi azob bor.Албатта, мўмин ва мўминаларни фитна қилиб, сўнгра тавба қилмаганларга, ана ўшаларга жаҳаннам азоби ва куйдирувчи азоб бор.Alauddin Mansour: Albatta moʻmin va moʻminalarni fitnaga solib, (bu qilmishlaridan) tavba qilmagan kimsalar uchun jahannam azobi bordir va ular uchun oʻt azobi bordir!Албатта мўмин ва мўминаларни фитнага солиб, (бу қилмишларидан) тавба қилмаган кимсалар учун жаҳаннам азоби бордир ва улар учун ўт азоби бордир!
Moʻminlarni fitnaga solganlar vaqt borida tavba qilib, oʻzlarini oʻnglab olsalar, ishlari ham oʻnglanishi mumkin. Ammo, tavba qilmasalar, mabodo, bu dunyo azobiga uchramasalar ham, albatta, oxiratda jahannam azobiga, haq jahannamning kuydiruvchi azobiga duchor boʻlishlari turgan gap.
Oxiratda kofirlarning holi ana shundoq ayanchli boʻladi. Ammo bu dunyoda oʻsha kofirlar tomonidan xorlangan moʻminlarning holi esa, tamoman boshqacha boʻladi. Oʻsha holat kelasi oyatda vasf qilinadi.