إِنَّ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّـٰلِحَـٰتِ لَهُمْ جَنَّـٰتٌ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَـٰرُ ۚ ذَٰلِكَ ٱلْفَوْزُ ٱلْكَبِيرُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, iymon keltirgan va solih amal qilganlarga, ularga, ostidan anhorlar oqib turgan jannatlar bor. Bu esa nihoyatda ulkan yutuqdir.Албатта, иймон келтирган ва солиҳ амал қилганларга, уларга, остидан анҳорлар оқиб турган жаннатлар бор. Бу эса ниҳоятда улкан ютуқдир.Alauddin Mansour: Albatta iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlar uchun ostidan daryolar oqib turadigan jannatlar bordir. Mana shu katta baxtdir.Албатта иймон келтирган ва яхши амаллар қилган зотлар учун остидан дарёлар оқиб турадиган жаннатлар бордир. Мана шу катта бахтдир.
Demak, oxiratda ostidan anhorlar oqib turgan bogʻu boʻston jannatga kirish, ulkan yutuqqa erishish uchun iymon keltirish bilan birga solih amal ham qilish kerak ekan. Har qanday yaxshilikka osonlik bilan erishib boʻlmaydi, gul tikonsiz boʻlmaydi. Jannat ham tikonlar bilan oʻralgandir. Unga kirish uchun tikonning zahrini tatib koʻrish kerak. Iymon yoʻlida chekiladigan mashaqqatlar oz emas. Ammo, ushbu surada zikr qilingan, kofirlar tomonidan iymon uchun yetkaziladigan mashaqqatlarning oʻzi ham iymon yoʻli gul toʻshalgan yoʻl emasligini koʻrsatib turibdi.
Shuningdek, solih amal qilish ham oʻz-oʻzidan boʻlmaydi. Ha, iymon yoʻli oson, gul toʻshalgan yoʻl boʻlsa, hamma oʻzini unga urib, haqiqiy moʻmin bilan munofiqni ajratib boʻlmay qolar edi. Shuning uchun ham, Alloh taolo Oʻz bandalari iymonini sinovga solib turishni iroda qilgan. Iymon yoʻlidagi qiyinchiliklarga chidab, unda sobit turib, solih amal qilganlarni esa, ostidan anhorlar oqib turgan jannatga kiritishga va ulkan yutuqqa erishtirishga vaʼda qilgan.
Keyingi oyatlarda Alloh taolo Oʻzining va moʻmin bandalarining dushmanlaridan shiddatli intiqom olishga qodir ekanligiga dalillar keltiradi.