ٱلنَّجْمُ ٱلثَّاقِبُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U, nur sochib turuvchi yulduzdir.У, нур сочиб турувчи юлдуздир.Alauddin Mansour: (U) uchar yulduzdir.(У) учар юлдуздир.
Arabchada nur sochib turuvchi yulduzga «soqib» deyiladi. Aslida, bu soʻz bir narsani teshib oʻtuvchi narsaga nisbatan ishlatiladi. Yulduzlar nuri bilan qorongʻulikni teshib oʻtgani uchun, ular ham «soqib» deb ataladi.
Demak, «toriq»ning bu oyatlardagi maʼnosi yulduz ekan. Avval aytib oʻtganimizdek, kechasi keluvchiga ham «toriq» deyiladi. Bu ikki maʼno, yaʼni, yulduz va kechasi keluvchi maʼnolari qandoq umumlashishi mumkin? Qadimgilar, yulduz kechasi koʻzga koʻringani uchun, uni kechasi keluvchi ham deyish mumkin, deganlar. Hozirda esa, haqiqatan ham yulduzning yurishi, lekin u bizdan juda ham uzoqda boʻlgani uchun joyida turganga oʻxshab koʻrinishi ilmiy ravishda sobit boʻldi. Bu esa, Qurʼoni Karimning ilmiy moʻʼjizalaridan biridir.
Yulduzning «soqib»-«teshib oʻtuvchi» deb vasf qilinishi ham shunga oʻxshaydi. Qadimgi tafsirchilarimiz, yulduz nuri kechaning qorongʻuligini teshib oʻtgani uchun «soqib» deb vasf qilingan, deyishgan. Hozir esa, yulduz yurganda, oʻzini oʻrab turuvchi gazlar qoplamini teshib oʻtishi, yulduz oʻtgan joyda uning ortidan havoda gazlardan xoli tuynuk qolishi ilm tarafidan isbotlandi. Bu ham yulduzni bundan oʻn besh asr ilgari «soqib»-«teshib oʻtuvchi» deb taʼriflagan Qurʼoni Karimning ilmiy moʻʼjizasidir.
Alloh taolo Qurʼoni Karimda yulduz bilan qasam ichish ila unga eʼtiborni jalb qildi. Hatto, Qurʼoni Karim suralaridan biri «Toriq» (yulduz) nomini oldi. Shu bilan Qurʼoni Karim yulduzlar ahamiyatga molik narsa ekanini taʼkidlovchi birinchi masdar boʻldi. Buning hikmati esa, keyinchalik, ilm rivojlanishi ila oydinlashdi. Yuz millionlab yulduzlar borligi maʼlum boʻldi.
Alloh taolo kechasi va osmonda nur sochuvchi narsalar bilan qasam ichib taʼkidlayotganidan keyin keladigan xabar juda muhimligini shundan bilib olamiz. U nima ekan?