QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-A'la surasi · Oyatсураси · Оят1

سَبِّحِ ٱسْمَ رَبِّكَ ٱلْأَعْلَى

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Oliy qadar bo`lgan Robbing ismini poklab yod et.Олий қадар бўлган Роббинг исмини поклаб ёд эт.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), eng oliy zot boʻlmish Parvardigoringizning nomini (har qanday ayb-nuqsondan) poklang!(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), энг олий зот бўлмиш Парвардигорингизнинг номини (ҳар қандай айб-нуқсондан) покланг!

591-sahifa · 30-juz · 60-hizb591-саҳифа · 30-жуз · 60-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
سَبِّحِpoklab yod etпоклаб ёд этٱسْمَisminiисминиرَبِّكَRobbingningРоббингнингٱلْأَعْلَىoliy qadar boʻlganолий қадар бўлган
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimadagi xitob, avvalo, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga va u zot orqali har bir moʻmin-musulmonga qaratilgandir. Yaʼni, Robbingni Uning oliy zotiga loyiq boʻlmagan barcha nuqson va kamchiliklardan poklab yod et. Ha, moʻmin-musulmonlar ushbu amri ilohiyni ham boshqa ilohiy farmonlar qatori amalga oshirmoqlari lozimdir. Ular Alloh taoloni barcha nuqson va kamchiliklardan poklab, Alloh Oʻzi qandoq amr etgan boʻlsa, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam qandoq oʻrgatgan boʻlsalar, shundoq yod etishlari lozim. Biz «poklab yod etish», deb ishlatayotgan iboramiz arabchada «tasbih» masdaridan olingan iboralar bilan ifoda etiladi. Bizning islomiy adabiyotimizda ham «tasbih aytish» birikmasi maʼlum va mashhur. Tasbih aytish ham ulugʻ va savobli ishlardan biridir. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam qachon ushbu oyatni oʻqisalar, «Subhana Robbiyal Aʼlaa», der ekanlar. Shuningdek, u zot sollallohu alayhi vasallam har namozdan keyingi qilinadigan zikrni oʻttiz uch marta «Subhanallohi» deyish bilan boshlaganlar va moʻmin-musulmonlarni ham shundoq qilishga choralaganlar.

Shuningdek, mana shu oyat tushganda, Paygʻambarimiz alayhissalom: «Bu oyatni sajdada aytinglar»,–deganlar. Shuning uchun, namozxon sajdada turganda «Subhana Robbiyal aʼlaa», deydi.