ٱلَّذِى خَلَقَ فَسَوَّىٰ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U yaratgan va mutanosib qilgan Zotdir.У яратган ва мутаносиб қилган Зотдир.Alauddin Mansour: U (barcha narsani) yaratib, raso qilib qoʻygan Zotdir.У (барча нарсани) яратиб, расо қилиб қўйган Зотдир.
Yaʼni, oliy sifat sohibi boʻlgan Robbing barcha narsalarni mutanosib qilib yaratgandir.
Dunyodagi maxluqotlarning har biriga nazar solinsa, Alloh taoloning qudratiga, har bir narsani daqiqligicha ilohiy hikmat ila mahorat bilan mutanosib qilib yaratganiga qoyil qolmasdan iloj yoʻq.
Inson oʻziga nazar solsa, har bir aʼzosi eng munosib hajmda, eng qulay joyda va goʻzal shaklda ekanini biladi. Birortasi ozgina oʻzgarsa, muvozanat buziladi, oʻz vazifasini ado etolmay qoladi. Boshqa maxluqotlar ham xuddi shunday, yaratilgan.
Alloh taolo dunyodagi barcha narsalarni yaratgan Zotdir. Yaratganda ham mutanosib qilib, yaxshilab, moʻʼtadil qilib, ulardan koʻzlangan manfaatlarga mos qilib yaratgandir. Har bir inson yoki hayvonning hazm qilish, nafas olish aʼzolari va ularning faoliyatini olib koʻring. Shuningdek, koʻrish yoki eshitish aʼzolarini olib koʻring. Umuman, har bir jonzotning qaysi bir aʼzosini alohida tadabbur ila tafakkur qilib koʻrilsa, Alloh taoloning xoliqligiga tan bermay iloj yoʻq.