QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-A'la surasi · Oyatсураси · Оят18

إِنَّ هَـٰذَا لَفِى ٱلصُّحُفِ ٱلْأُولَىٰ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, bu avvalgi sahifalarda bordir.Албатта, бу аввалги саҳифаларда бордир.Alauddin Mansour: Darvoqeʼ, bu (surada mazkur boʻlgan pand-nasihatlar) avvalgi (paygʻambarlarga nozil boʻlgan) sahifalardaДарвоқеъ, бу (сурада мазкур бўлган панд-насиҳатлар) аввалги (пайғамбарларга нозил бўлган) саҳифаларда

592-sahifa · 30-juz · 60-hizb592-саҳифа · 30-жуз · 60-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّalbattaалбаттаهَـٰذَاbuбуلَفِى-da bordir-да бордирٱلصُّحُفِsahifalarсаҳифаларٱلْأُولَىٰavvalgiаввалги
TafsirТафсир

Yaʼni, Qurʼondan avval tushirilgan ilohiy kitoblarda ham mazkur maʼno mavjud.

Abu Zarr roziyallohu anhudan rivoyat qilingan uzun hadisda jumladan shunday deyiladi:

«...Yo, Allohning Rasuli, Sizga Alloh Ibrohim va Muso sahifalaridagi narsadan ham biror narsa tushirdimi?»–deb soʻradim. Ul zot:

«Ey, Abu Zarr «...Inna haza lafis suhufil uula suhufi Ibrohiyma va Musa»ni oʻqi», dedilar. Men:

«Ey, Allohning Rasuli, Ibrohimning sahifalarida nima boʻlgan?»–dedim. Ul zot:

«Barchasi zarbulmasal boʻlgan... Oqil kishi zamonini tanigan boʻlmogʻi, tilini tiymoqligi shart. Kimki kalomini amalidan hisoblasa, kalomi oz boʻladi...» Men:

«Ey, Allohning Rasuli, Musoning sahifalarida nimalar boʻlgan?»–deb soʻradim. Ul zot aytdilar:

«Hammasi ibrat boʻlgan, qazoi qadarga ishonib turib gʻazablangan odamdan, oxiratda hisob-kitob boʻlishini bilib turib amal qilmagan odamdan ajablanaman...»

«Aʼlaa» surasi oʻz ichiga koʻplab ilmlar va yaxshiliklarni olgani uchun Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam uni yaxshi koʻrishlari haqida rivoyatlar bor.

Hadisi sharifda Oisha onamizdan Paygʻambar alayhissalomning vitr namozlari haqida soʻrashganda, u kishi birinchi rakʼatda «Sabbihisma Robbikal aʼlaa»ni, ikkinchi rakʼatda «Qul huvallohu ahad»ni oʻqishlarini aytganlar.