فَذَكِّرْ إِنَّمَآ أَنتَ مُذَكِّرٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, eslatgin, sen, albatta, eslatuvchidirsan.Бас, эслатгин, сен, албатта, эслатувчидирсан.Alauddin Mansour: Bas, (ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), siz pand-nasihat qiling! Zotan, siz faqat bir pand-nasihat qilguvchidirsiz, xolos.Бас, (эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), сиз панд-насиҳат қилинг! Зотан, сиз фақат бир панд-насиҳат қилгувчидирсиз, холос.
Ha, Muhammad sollallohu alayhi vasallamning, u zotning dinlarining odamlarni daʼvat qilish xususiyati shundoq. Kishilarga iymonga kirish eslatiladi. Ammo ularni iymonga majburlab, kuch bilan kiritishga harakat qilinmaydi. Kim oʻsha eslatmaga quloq osib, iymonga kelsa, iymon taqozosidagi amallarni qilsa, bu dunyoda baxtli hayot kechiradi va oxiratda Alloh taolo uni katta neʼmat ila neʼmatlaydi.