QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Fajr surasi · Oyatсураси · Оят2

وَلَيَالٍ عَشْرٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va o`n kecha bilan qasam.Ва ўн кеча билан қасам.Alauddin Mansour: (Zul-hijja oyidagi avvalgi) oʻn kechaga qasam.(Зул-ҳижжа ойидаги аввалги) ўн кечага қасам.

593-sahifa · 30-juz · 60-hizb593-саҳифа · 30-жуз · 60-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَيَالٍva kechalar bilan qasamва кечалар билан қасамعَشْرٍۢoʻnўн
TafsirТафсир

Bu oʻn kechadan murod–Zulhijja oyining birinchi oʻn kunligi kechalari ekanligi barcha tafsirchilarimiz tomonidan taʼkidlangan. Oʻsha muborak oʻn kechaning kunduzlarida moʻmin-musulmonlar haj amallari bilan mashgʻul boʻladilar. Zulhijja oyining birinchi oʻn kunligi yilning eng afzal kunlaridir. «Sahihi Buxoriy» kitobida zikr qilingan hadisda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam:

«Alloh taolo uchun oʻsha kunlardagi amali solihdan koʻra mahbubrogʻi yoʻqdir», deganlar. Sahobai kiromlar:

«Allohning yoʻlidagi jihod ham-a?»–deb soʻrashganda ul zot:

«Allohning yoʻlidagi jihod ham. Illo, bir kishi ham joni, ham moli bilan chiqsa-yu, undan biror narsasi qaytmasa», deganlar.

Baʼzi bir ulamolarimiz, ushbu oyatdagi oʻn kechadan murod Ramazon oyining oxirgi oʻn kechasi, ularda Laylatul qadr kechasi ham bor, deganlar.