QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Fajr surasi · Oyatсураси · Оят25

فَيَوْمَئِذٍ لَّا يُعَذِّبُ عَذَابَهُۥٓ أَحَدٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, o`sha kunda Allohning azobiga o`xshash azob-la hech kim azoblamaydir.Бас, ўша кунда Аллоҳнинг азобига ўхшаш азоб-ла ҳеч ким азобламайдир.Alauddin Mansour: U Kundagi (Allohning) azobi kabi hech kim azoblay olmas!У Кундаги (Аллоҳнинг) азоби каби ҳеч ким азоблай олмас!

594-sahifa · 30-juz · 60-hizb594-саҳифа · 30-жуз · 60-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَيَوْمَئِذٍۢbas, oʻsha kundaбас, ўша кундаلَّاemasэмасيُعَذِّبُazoblaydirазоблайдирعَذَابَهُۥٓUning azobiga oʻxshashУнинг азобига ўхшашأَحَدٌۭhech kimҳеч ким
TafsirТафсир

Yomonlikning oqibati shu, qiyomatda Alloh taoloning oʻzi ularning qoʻl-oyogʻidan bogʻlaydi, demak chiqib ketishga hech umid yoʻq. Alloh taoloning oʻzi azobni beradi, demak unda ham hech qanday yengillik yoʻq. Qiyomat dahshati, jahannam dahshati va undagi misli yoʻq azob-uqubat dahshati jarayonida bu dunyoda havoyi nafsiga berilib, oxiratda azobga qolganlar solihlarning, yaʼni Alloh taoloning roziligi uchun bu dunyoda nafsini jilovlab, yaxshi amallar bilan oʻtgan bandalarning hol-ahvoliga intilib, bilishni ham xohlab qoladi. Shunda ularning holini bayon qiluvchi oyatlar keladi.

Yuqorida zikr etilgan hodisalar boʻlib, kofir va osiylar bogʻlanib-kishanlanib, ashaddiy azobga solinib turilgan bir paytda moʻmin-musulmonlarning ruhlariga quyidagi xitob qilinadi: