QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Fajr surasi · Oyatсураси · Оят27

يَـٰٓأَيَّتُهَا ٱلنَّفْسُ ٱلْمُطْمَئِنَّةُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, xotirjam nafs!Эй, хотиржам нафс!Alauddin Mansour: (U Kunda hayoti dunyodan Alloh taoloning vaʼdasiga ishonib iymon va ezgu amallar bilan oʻtgan moʻminlarga xitob qilinib, deyilur): «Ey xotirjam-sokin jon,(У Кунда ҳаёти дунёдан Аллоҳ таолонинг ваъдасига ишониб иймон ва эзгу амаллар билан ўтган мўминларга хитоб қилиниб, дейилур): «Эй хотиржам-сокин жон,

594-sahifa · 30-juz · 60-hizb594-саҳифа · 30-жуз · 60-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَـٰٓأَيَّتُهَاeyэйٱلنَّفْسُnafsнафсٱلْمُطْمَئِنَّةُxotirjamхотиржам
TafsirТафсир

Demak, qiyomat kuni azob-uqubatni koʻrib, yomonlar afsus-nadomat qilib: «Bu dunyoda qiyomat kuni uchun ham biror narsa qilib qoʻysam boʻlar ekan», deb xoru zor boʻlib turganda Alloh taolo moʻmin jonlarga Oʻzi xitob qilib, qilgan amali solihlaring uchun bergan mukofotlarimga rozi boʻlib, yaxshi bandalarimga qoʻshilib jannatimga kirgin, der ekan. Bu esa, ulkan baxtdir.

Muoz ibn Jabal ismli sahobiy xufton namoziga imom boʻlib uzundan-uzun qiroat qilibdilar. Qavmlardan bir yigit namozni buzib, oʻzi bir chetda namozini tezda oʻqib chiqib ketibdi. Yigitning qilmishini Muozga aytishgan ekan, «munofiq» debdilar. Bu hodisa Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga aytilganda, u zot yigitdan:

«Nima uchun undoq qilding?»–deb soʻrabdilar. Shunda yigit:

«Ey, Allohning Rasuli, u bilan namoz oʻqisam, juda ham choʻzib yubordi, shuning uchun ajrab, oʻzim bir chetda namozimni oʻqib oldim, borib tuyamni boqdim», deb javob beribdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Ey Muoz, fitnachimisan, «Sabbihisma Robbika» bilan «VashShamsi vazzuhaha» yoki «Val fajri» bilan «Vallayli»ni oʻqisang boʻlmasmidi», degan ekanlar.