ٱرْجِعِىٓ إِلَىٰ رَبِّكِ رَاضِيَةً مَّرْضِيَّةً
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Robbingga sen Undan, U sendan rozi bo`lgan holda qayt!Роббингга сен Ундан, У сендан рози бўлган ҳолда қайт!Alauddin Mansour: Sen (Alloh ato etgan neʼmatlardan) rozi boʻlgan (va Alloh taolo tomonidan sening amallaringdan) rozi boʻlingan holda Parvardigoring (huzuri)ga qayt!Сен (Аллоҳ ато этган неъматлардан) рози бўлган (ва Аллоҳ таоло томонидан сенинг амалларингдан) рози бўлинган ҳолда Парвардигоринг (ҳузури)га қайт!
Demak, qiyomat kuni azob-uqubatni koʻrib, yomonlar afsus-nadomat qilib: «Bu dunyoda qiyomat kuni uchun ham biror narsa qilib qoʻysam boʻlar ekan», deb xoru zor boʻlib turganda Alloh taolo moʻmin jonlarga Oʻzi xitob qilib, qilgan amali solihlaring uchun bergan mukofotlarimga rozi boʻlib, yaxshi bandalarimga qoʻshilib jannatimga kirgin, der ekan. Bu esa, ulkan baxtdir.
Muoz ibn Jabal ismli sahobiy xufton namoziga imom boʻlib uzundan-uzun qiroat qilibdilar. Qavmlardan bir yigit namozni buzib, oʻzi bir chetda namozini tezda oʻqib chiqib ketibdi. Yigitning qilmishini Muozga aytishgan ekan, «munofiq» debdilar. Bu hodisa Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga aytilganda, u zot yigitdan:
«Nima uchun undoq qilding?»–deb soʻrabdilar. Shunda yigit:
«Ey, Allohning Rasuli, u bilan namoz oʻqisam, juda ham choʻzib yubordi, shuning uchun ajrab, oʻzim bir chetda namozimni oʻqib oldim, borib tuyamni boqdim», deb javob beribdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Ey Muoz, fitnachimisan, «Sabbihisma Robbika» bilan «VashShamsi vazzuhaha» yoki «Val fajri» bilan «Vallayli»ni oʻqisang boʻlmasmidi», degan ekanlar.