QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Fajr surasi · Oyatсураси · Оят29

فَٱدْخُلِى فِى عِبَـٰدِى

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, bandalarim ichiga kirgin!Бас, бандаларим ичига киргин!Alauddin Mansour: Bas, (solih) bandalarim qatoriga kirgin,Бас, (солиҳ) бандаларим қаторига киргин,

594-sahifa · 30-juz · 60-hizb594-саҳифа · 30-жуз · 60-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَٱدْخُلِىbas, kirgin!бас, киргин!فِىichigaичигаعِبَـٰدِىbandalarimбандаларим
TafsirТафсир

Demak, qiyomat kuni azob-uqubatni koʻrib, yomonlar afsus-nadomat qilib: «Bu dunyoda qiyomat kuni uchun ham biror narsa qilib qoʻysam boʻlar ekan», deb xoru zor boʻlib turganda Alloh taolo moʻmin jonlarga Oʻzi xitob qilib, qilgan amali solihlaring uchun bergan mukofotlarimga rozi boʻlib, yaxshi bandalarimga qoʻshilib jannatimga kirgin, der ekan. Bu esa, ulkan baxtdir.

Muoz ibn Jabal ismli sahobiy xufton namoziga imom boʻlib uzundan-uzun qiroat qilibdilar. Qavmlardan bir yigit namozni buzib, oʻzi bir chetda namozini tezda oʻqib chiqib ketibdi. Yigitning qilmishini Muozga aytishgan ekan, «munofiq» debdilar. Bu hodisa Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga aytilganda, u zot yigitdan:

«Nima uchun undoq qilding?»–deb soʻrabdilar. Shunda yigit:

«Ey, Allohning Rasuli, u bilan namoz oʻqisam, juda ham choʻzib yubordi, shuning uchun ajrab, oʻzim bir chetda namozimni oʻqib oldim, borib tuyamni boqdim», deb javob beribdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Ey Muoz, fitnachimisan, «Sabbihisma Robbika» bilan «VashShamsi vazzuhaha» yoki «Val fajri» bilan «Vallayli»ni oʻqisang boʻlmasmidi», degan ekanlar.