وَثَمُودَ ٱلَّذِينَ جَابُوا۟ ٱلصَّخْرَ بِٱلْوَادِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va vodiyda xarsang toshlarni kesib (imorat yasagan) Samudni.Ва водийда харсанг тошларни кесиб (иморат ясаган) Самудни.Alauddin Mansour: (Quro) vodiysida xarsang toshlarni kes(ib oʻzlariga uylar solib ol)gan kimsalar boʻlmish Samud (qabilasini qanday halokatga duchor qilganini-chi)?(Қуро) водийсида харсанг тошларни кес(иб ўзларига уйлар солиб ол)ган кимсалар бўлмиш Самуд (қабиласини қандай ҳалокатга дучор қилганини-чи)?
Robbing nima qilganini bilmadingmi?
Samud qavmi va ularning Paygʻambari Solih alayhissalom qissasi avvalgi suralar tafsirida aytilgan. Ushbu oyati karimada Samud qavmining kuchli-quvvatli ekanligiga dalolat qiluvchi sifatlaridan biri, oʻz yurtlari Vodil Quroda toshlarni yoʻnib uylar yasaganlari zikr qilinmoqda. Ular togʻdagi toshlarni turgan joyida yoʻnib, togʻ ichiga oʻyib kirib, ajoyib uylar, qasrlar yasaganlar, oʻsha uylarning asarlari hozirgacha bor. Ammo shunchalar kuchli, ustomon boʻlsalar ham Alloh taolo ularni gunohlari tufayli halok qilgan.