QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Fajr surasi · Oyatсураси · Оят10

وَفِرْعَوْنَ ذِى ٱلْأَوْتَادِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va ko`p askarlari bor Fir'avnni.Ва кўп аскарлари бор Фиръавнни.Alauddin Mansour: Qoziqlar (yaʼni, yerga qoziqdek qoqilgan baland ehromlar va qasrlar) egasi boʻlgan Firʼavnni (qanday halokatga duchor qilganini-chi)?Қозиқлар (яъни, ерга қозиқдек қоқилган баланд эҳромлар ва қасрлар) эгаси бўлган Фиръавнни (қандай ҳалокатга дучор қилганини-чи)?

593-sahifa · 30-juz · 60-hizb593-саҳифа · 30-жуз · 60-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَفِرْعَوْنَva Firʼavngaва Фиръавнгаذِىegasi boʻlganэгаси бўлганٱلْأَوْتَادِqoziqlar (koʻp askarlar)қозиқлар (кўп аскарлар)
TafsirТафсир

Robbing nima qilganini bilmadingmi? Firʼavn qissasi ham avval aytib oʻtildi. Ushbu oyati karimada esa, Firʼavnning asosiy kuchi, askarlari zikr qilinmoqda. U oʻz lashkarlariga juda ham ishonar, askar bilan xohlagan ishni qilsa boʻladi, degan fikrda edi. Ammo, Alloh taolo uni askariga qoʻshib halok qildi.