QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
At-Tawbah surasi · Oyatсураси · Оят100

وَٱلسَّـٰبِقُونَ ٱلْأَوَّلُونَ مِنَ ٱلْمُهَـٰجِرِينَ وَٱلْأَنصَارِ وَٱلَّذِينَ ٱتَّبَعُوهُم بِإِحْسَـٰنٍ رَّضِىَ ٱللَّهُ عَنْهُمْ وَرَضُوا۟ عَنْهُ وَأَعَدَّ لَهُمْ جَنَّـٰتٍ تَجْرِى تَحْتَهَا ٱلْأَنْهَـٰرُ خَـٰلِدِينَ فِيهَآ أَبَدًا ۚ ذَٰلِكَ ٱلْفَوْزُ ٱلْعَظِيمُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Birinchi peshqadam muhojirlar va ansoriylar va ularga yaxshilik bilan ergashganlar. Alloh ulardan rozi bo`ldi, ular ham Allohdan rozi bo`ldilar. Ularga ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarni tayyorlab qo`ydi. Ularda abadiy qolurlar. Ana o`sha ulkan yutuqdir.Биринчи пешқадам муҳожирлар ва ансорийлар ва уларга яхшилик билан эргашганлар. Аллоҳ улардан рози бўлди, улар ҳам Аллоҳдан рози бўлдилар. Уларга остидан анҳорлар оқиб турган жаннатларни тайёрлаб қўйди. Уларда абадий қолурлар. Ана ўша улкан ютуқдир.Alauddin Mansour: Muhojir va ansorlarning birinchi peshqadamlari va ularga chiroyli amallar bilan ergashgan zotlar — Alloh ulardan rozi boʻldi va ular ham Undan rozi boʻldilar. Yana (Alloh) ular uchun ostidan daryolar oqib turadigan, ular abadiy qoladigan jannatlarni tayyorlab qoʻydi. Mana shu buyuk baxtdir.Муҳожир ва ансорларнинг биринчи пешқадамлари ва уларга чиройли амаллар билан эргашган зотлар — Аллоҳ улардан рози бўлди ва улар ҳам Ундан рози бўлдилар. Яна (Аллоҳ) улар учун остидан дарёлар оқиб турадиган, улар абадий қоладиган жаннатларни тайёрлаб қўйди. Мана шу буюк бахтдир.

203-sahifa · 11-juz · 21-hizb203-саҳифа · 11-жуз · 21-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَٱلسَّـٰبِقُونَva peshqadamlarва пешқадамларٱلْأَوَّلُونَbirinchiбиринчиمِنَ-dan-данٱلْمُهَـٰجِرِينَmuhojirlarмуҳожирларوَٱلْأَنصَارِva ansoriylarва ансорийларوَٱلَّذِينَva ularва уларٱتَّبَعُوهُمularga ergashganlarуларга эргашганларبِإِحْسَـٰنٍۢyaxshilik bilanяхшилик биланرَّضِىَrozi boʻldiрози бўлдиٱللَّهُAllohАллоҳعَنْهُمْulardanуларданوَرَضُوا۟va rozi boʻldilarва рози бўлдиларعَنْهُUndanУнданوَأَعَدَّva tayyorlab qoʻydiва тайёрлаб қўйдиلَهُمْulargaуларгаجَنَّـٰتٍۢjannatlarniжаннатларниتَجْرِىoqib turganоқиб турганتَحْتَهَاostidanостиданٱلْأَنْهَـٰرُanhorlarанҳорларخَـٰلِدِينَabadiy qoluvchi holdaабадий қолувчи ҳолдаفِيهَآulardaулардаأَبَدًۭا ۚabadiyабадийذَٰلِكَana oʻshaана ўшаٱلْفَوْزُyutuqdirютуқдирٱلْعَظِيمُulkanулкан
TafsirТафсир

Bu toifadagi musulmonlar Islom jamiyatining asl magʻzini, javharini tashkil etar edilar. Bular uch qismdan iborat boʻlib, birinchi qism peshqadam muhojirlar edi.

«Birinchi peshqadam muhojirlar»

Ular Makkai Mukarramada hech kim iymonga kelmaganda iymonga kelgan, kofirlarning ozorlariga chidagan, ularning zulmlariga bardosh bergan ulkan sahobiylardir. Ulamolar ushbu oyatda, oliy maqom egalari, deb sifatlanayotgan muhojirlar Badr urushiga qadar Makkai Mukarramadan Madiynai Munavvaraga hijrat qilgan sahobalar, deydilar. Chunki, ular qiyin vaqtda iymonga kelib, qiyin vaqtda hijrat qilgan shaxslardir. Badr urushida musulmonlar gʻolib kelib, Islom jamiyati yuzaga chiqib, oʻz tayanchiga ega boʻlgandan keyin, hijrat qilish ham oson boʻlib qolgan.

Ikkinchi qism–«ansoriylar»–Madiyna ahllaridan birinchi boʻlib Islomga kelgan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga Aqabada bayʼat qilgan, din qardoshlarini yurtlari Madiynaga taklif etgan, makkaliklar hijrat qilib borganlarida ularga oʻzlari yemay yedirgan, oʻzlari kiymay kiydirgan, uylarini, molu mulklarini boʻlib bergan, dinu diyonatlari uchun molu jonlaridan kechishga tayyor turgan madiynalik peshqadam musulmonlardir.

Uchinchi qism–«ularga yaxshilik bilan ergashganlar»–peshqadam muhojir va ansoriylarga yaxshilik bilan ergashganlardir. Ular vasf qilinmish peshqadam muhojir va ansoriylardan keyin, mazkur mashhur voqealardan keyin musulmon boʻlishib, xuddi peshqadam musulmonlar kabi ixlosli, ibodatli va taqvodor kishilar boʻlganlar. Ularga faqat peshqadamlik–eng qiyin vaqtlarda safda boʻlmaganliklari yetishmaydi, xolos. Uch toifadagi musulmonlarning barchasidan:

«Alloh ulardan rozi boʻldi, ular ham Allohdan rozi boʻldilar».

Banda erishishi mumkin boʻlgan eng yuqori martaba Allohning roziligidir. Zotan, har bir bandaning oliy maqsadi ham–shu. Bandaning Allohdan roziligi Uning qadariga ishonish, qazosidan yaxshilik kutish, neʼmatlariga shukr qilish, balo-ofatlariga sabr qilishdir.

Alloh ulardan rozi ekanligidan:

«Ularga ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarni tayyorlab qoʻydi».

Ular mazkur jannatga vaqtinchalikka kirmaslar. Balki,

«Ularda abadiy qolurlar».

Alloh taolo ulardan rozi boʻlmaganda, ularni bunday ikromga sazovor qilmas edi.

«Ana oʻsha ulkan yutuqdir».

Bundan ortiq yutuq boʻlishi mumkinmi?

Islom jamiyatidagi ikkinchi tabaqalar: