وَمِنَ ٱلْأَعْرَابِ مَن يُؤْمِنُ بِٱللَّهِ وَٱلْيَوْمِ ٱلْـَٔاخِرِ وَيَتَّخِذُ مَا يُنفِقُ قُرُبَـٰتٍ عِندَ ٱللَّهِ وَصَلَوَٰتِ ٱلرَّسُولِ ۚ أَلَآ إِنَّهَا قُرْبَةٌ لَّهُمْ ۚ سَيُدْخِلُهُمُ ٱللَّهُ فِى رَحْمَتِهِۦٓ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ غَفُورٌ رَّحِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: A'robiylardan Allohga va oxirat kuniga iymon keltiradigan hamda infoq qiladigan narsasini Allohga qurbat hosil qilish va Rasulning duosiga musharraf etish vositasi deb biladiganlari ham bor. Bilsinlarki, albatta, o`sha narsalar ular uchun qurbatdir. Albatta, Alloh ularni O`z rahmatiga kiritadir. Albatta, Alloh mag`firatli va rahimli Zotdir.Аъробийлардан Аллоҳга ва охират кунига иймон келтирадиган ҳамда инфоқ қиладиган нарсасини Аллоҳга қурбат ҳосил қилиш ва Расулнинг дуосига мушарраф этиш воситаси деб биладиганлари ҳам бор. Билсинларки, албатта, ўша нарсалар улар учун қурбатдир. Албатта, Аллоҳ уларни Ўз раҳматига киритадир. Албатта, Аллоҳ мағфиратли ва раҳимли Зотдир.Alauddin Mansour: Aʼrobiylar orasida Allohga va Oxirat kuniga iymon keltiradigan va qiladigan infoq-ehsonini Alloh dargohida qurbat (yaqinlik) hosil qilish va paygʻambar duosiga (musharraf boʻlish) deb biladigan zotlar ham bor. Ogoh boʻlsinlarkim, oʻsha infoq-ehsonlari oʻzlari uchun qurbatdir. Alloh ularni Oʻz rahmatiga doxil qilajak. Albatta, Alloh magʻfiratli, mehribondir.Аъробийлар орасида Аллоҳга ва Охират кунига иймон келтирадиган ва қиладиган инфоқ-эҳсонини Аллоҳ даргоҳида қурбат (яқинлик) ҳосил қилиш ва пайғамбар дуосига (мушарраф бўлиш) деб биладиган зотлар ҳам бор. Огоҳ бўлсинларким, ўша инфоқ-эҳсонлари ўзлари учун қурбатдир. Аллоҳ уларни Ўз раҳматига дохил қилажак. Албатта, Аллоҳ мағфиратли, меҳрибондир.
Bu oyatda vasflari kelgan aʼrobiylar muxlis, moʻmin-musulmon aʼrobiylardir. Ular Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan saodatmand kishilardir. Ularning iymonlari Allohning yoʻlida infoq qilishga, mol sarflashga undaydi. Ular infoqni xursandlik bilan qiladilar. Chunki, infoq, ularning fikri va tushunchalari boʻyicha, Allohga qurbat–yaqinlik hosil qilishning va Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam duolariga erishishning eng yaxshi yoʻllaridan biridir. Ular toʻgʻri tushunadilar.
«Bilsinlarki, albatta, oʻsha narsalar ular uchun qurbatdir».
Bu ishlarni qilganlarni Alloh taolo Oʻziga yaqin oladi va:
«Albatta, Alloh ularni Oʻz rahmatiga kiritadir».
Chunki:
«Albatta, Alloh magʻfiratli va rahimli Zotdir».
Moʻmin bandalarining gunohlarini kechiradi va ularni Oʻz rahmati ila jannatga kiritadi.
Yuqoridagi oyati karimalarda aʼrobiylarning turli toifalari haqida soʻzlab boʻlgandan keyin kelasi oyatlarda islomiy jamiyatdagi barcha aʼzolar iymoniy tabaqalarga taqsimlanib bayon qilinadi. Birinchi tabaqadagilar: