QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
At-Tawbah surasi · Oyatсураси · Оят101

وَمِمَّنْ حَوْلَكُم مِّنَ ٱلْأَعْرَابِ مُنَـٰفِقُونَ ۖ وَمِنْ أَهْلِ ٱلْمَدِينَةِ ۖ مَرَدُوا۟ عَلَى ٱلنِّفَاقِ لَا تَعْلَمُهُمْ ۖ نَحْنُ نَعْلَمُهُمْ ۚ سَنُعَذِّبُهُم مَّرَّتَيْنِ ثُمَّ يُرَدُّونَ إِلَىٰ عَذَابٍ عَظِيمٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Atrofingizdagi a'robiylardan munofiqlar bor. Madina ahlidan ham. Ular nifoqda siyqasi chiqqanlardir. Sen ularni bilmassan, ularni Biz bilarmiz. Albatta, ularni ikki marta azoblarmiz. So`ngra, ulkan azobga qaytarilurlar.Атрофингиздаги аъробийлардан мунофиқлар бор. Мадина аҳлидан ҳам. Улар нифоқда сийқаси чиққанлардир. Сен уларни билмассан, уларни Биз билармиз. Албатта, уларни икки марта азоблармиз. Сўнгра, улкан азобга қайтарилурлар.Alauddin Mansour: Sizlarning atrofingizdagi aʼrobiylar orasida munofiqlar bor. Madina aholisi orasida ham (munofiqlar bordir). Ular doimiy nifoqdadirlar, (lekin) siz ularni bilmaysiz. Biz bilurmiz. Ularni qayta-qayta (yaʼni, hayotlik paytlarida qatl qilish, asir olish, oʻlganlaridan keyin esa qabr azobi bilan) azoblaymiz. Soʻngra (Qiyomat Kunida) ulugʻ azobga qaytarilurlar.Сизларнинг атрофингиздаги аъробийлар орасида мунофиқлар бор. Мадина аҳолиси орасида ҳам (мунофиқлар бордир). Улар доимий нифоқдадирлар, (лекин) сиз уларни билмайсиз. Биз билурмиз. Уларни қайта-қайта (яъни, ҳаётлик пайтларида қатл қилиш, асир олиш, ўлганларидан кейин эса қабр азоби билан) азоблаймиз. Сўнгра (Қиёмат Кунида) улуғ азобга қайтарилурлар.

203-sahifa · 11-juz · 21-hizb203-саҳифа · 11-жуз · 21-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمِمَّنْva kimsalardanва кимсаларданحَوْلَكُمatrofingizdagiатрофингиздагиمِّنَ-dan-данٱلْأَعْرَابِaʼrobiylarаъробийларمُنَـٰفِقُونَ ۖmunofiqlar borмунофиқлар борوَمِنْva -danва -данأَهْلِahliаҳлиٱلْمَدِينَةِ ۖMadinaМадинаمَرَدُوا۟siyqasi chiqqanlarсийқаси чиққанларعَلَىustidaустидаٱلنِّفَاقِnifoqнифоқلَاemasэмасتَعْلَمُهُمْ ۖsen ularni bilmassanсен уларни билмассанنَحْنُBizБизنَعْلَمُهُمْ ۚularni bilamizуларни биламизسَنُعَذِّبُهُمalbatta, ularni azoblaymizалбатта, уларни азоблаймизمَّرَّتَيْنِikki martaикки мартаثُمَّsoʻngraсўнграيُرَدُّونَqaytarilurlarқайтарилурларإِلَىٰ-ga-гаعَذَابٍazobазобعَظِيمٍۢulkanулкан
TafsirТафсир

Avval ham aʼrobiylar va boshqa munofiqlar haqida gap boʻlgan edi. Ammo ushbu oyati karimada aʼrobiylarning va ahli Madiynaning alohida munofiqlari, siyqasi chiqqan munofiqlari haqida soʻz ketmoqda.

«Atrofingizdagi aʼrobiylardan munofiqlar bor. Madiyna ahlidan ham. Ular nifoqda siyqasi chiqqanlardir».

Shu darajada siyqalari chiqqanki, ustaligidan, hatto Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam ham ularning munofiq ekanliklarini bilmaydilar. Ularning munofiqligini faqat Alloh taoloning Oʻzigina biladi.

«Sen ularni bilmassan, ularni Biz bilarmiz».

Bu badbaxt shaxslar oʻzlarini ikki xil tutganlari uchun, yaʼni sirtdan musulmonu ichdan kofir boʻlganlari uchun:

«Albatta, ularni ikki marta azoblarmiz».

Ikki marta jazolash bu dunyoning oʻzida boʻladi. Qanday boʻlishining haqiqatini Allohning Oʻzi biladi. Ulamolarimizdan baʼzilari oʻzlaricha ijtihod qilib, ehtimol, biri musulmonlar ichida sirimiz ochilib qolmasin, deb doimo qoʻrqinchda yashashlari, ikkinchisi oʻlim azobi boʻlib, oʻlim farishtalari ularning jonlarini qiynab olishi boʻlsa kerak, deydilar. Nima boʻlsa ham, munofiqlar bu dunyoda ikki marta azoblanishlari turgan gap. Ammo, ish shu bilan tugamaydi:

«Soʻngra, ulkan azobga qaytarilurlar».

Yaʼni, u dunyoda haqiqiy azobga duchor boʻladilar.

Islom jamiyatidagi uchinchi tabaqadagilar: