وَءَاخَرُونَ ٱعْتَرَفُوا۟ بِذُنُوبِهِمْ خَلَطُوا۟ عَمَلًا صَـٰلِحًا وَءَاخَرَ سَيِّئًا عَسَى ٱللَّهُ أَن يَتُوبَ عَلَيْهِمْ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ غَفُورٌ رَّحِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Boshqalar esa, gunohlarini e'tirof qildilar: ular yaxshi va yomon amalni aralashtirib qilganlardir. Shoyadki, Alloh ularning tavbasini qabul qilsa. Albatta, Alloh mag`firatli va rahimli Zotdir.Бошқалар эса, гуноҳларини эътироф қилдилар: улар яхши ва ёмон амални аралаштириб қилганлардир. Шоядки, Аллоҳ уларнинг тавбасини қабул қилса. Албатта, Аллоҳ мағфиратли ва раҳимли Зотдир.Alauddin Mansour: Yana boshqa bir kishilar borki, gunohlarini eʼtirof qilurlar. Ular yaxshi amalni boshqa — yomoniga aralashtirib yuborganlar. Alloh ularning tavbalarini qabul qilsa ajabmas. Albatta, Alloh magʻfiratli, mehribondir.Яна бошқа бир кишилар борки, гуноҳларини эътироф қилурлар. Улар яхши амални бошқа — ёмонига аралаштириб юборганлар. Аллоҳ уларнинг тавбаларини қабул қилса ажабмас. Албатта, Аллоҳ мағфиратли, меҳрибондир.
Bu toifadagi kishilarning yaxshilik va yomonliklari tengma- teng kelib qolgandir.
«Boshqalar esa, gunohlarini eʼtirof qildilar: ular yaxshi va yomon amalni aralashtirib qilganlardir».
Ushbu oyat tushishiga sabab boʻlganlar Tabuk urushiga bormay qolib, soʻngra oʻz ishlaridan afsus-nadomat qilib tavba etgan kishilardir. Ular gʻazotdan qolib juda yomon ish qilganlar, ammo chin koʻngildan afsuslanishlari yaxshi ishdir. Endi, bunday tabaqadagi kishilarning ishlari Allohning Oʻziga havola qilinadi.
«Shoyadki, Alloh ularning tavbasini qabul qilsa».
Ulamolarimiz «shoyadki» soʻzi Alloh taologa nisbatan ishlatilganda, albatta boʻlishiga dalolat qiladi, deydilar. Chunki:
«Albatta, Alloh magʻfiratli va rahimli Zotdir».
Bu oyatning nozil boʻlish sababi haqida Ibn Jarir Tobariy roziyallohu anhu Ubayd ibn Salmondan qilgan rivoyatda quyidagilarni aytadi: «Az-Zahhokdan Allohning: «Boshqalar esa, gunohlarini eʼtirof qildilar, ular yaxshi va yomon amalni aralashtirib qilganlardir», degan oyati toʻgʻrisida quyidagilarni eshitdim: «Bu oyat Abu Luboba va uning sheriklari haqida nozil boʻlgan. Ular Tabuk gʻazotiga Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam bilan birga bormay ortda qoldilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam joʻnab ketganlaridan keyin u kishidan ajrab qolganlariga afsus-nadomat chekdilar. «Biz soya-salqinda, ovqatlarni yeb, xotinlar bilan oʻtiramiz-u, Allohning Paygʻambari jihodda, qiyinchilikda yuradimi? Allohga qasamki, oʻzimizni ustunlarga bogʻlab qoʻyamiz, soʻngra, to Allohning Paygʻambari sollallohu alayhi vasallam oʻzlari kechirib yechmaguncha oʻzimizni yechmaymiz»,–dedilar. Soʻngra oʻzlarini oʻzlari bogʻlab qoʻydilar. Ulardan uch kishi oʻzini ustunga bogʻlayolmay qoldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam gʻazotdan qaytib keldilar. Masjiddan oʻtdilar. Masjid yoʻllari ustida edi. Haligilarni koʻrib qolib, ular haqida soʻradilar. U zot sollallohu alayhi vasallamga:
«Bular Abu Luboba va uning sheriklari, siz bilan bormay ortda qolishgan. Oʻzlarini, siz koʻrib turganingizdek, bogʻlab qoʻyishdi. Toki siz ularni yechmaguningizcha, oʻzlarini oʻzlari yechmaslikka Allohni oraga qoʻyib ahd qilishdi»,–deyildi. Shunda, Allohning Paygʻambari sollallohu alayhi vasallam:
«Menga to ularni qoʻyib yuborishga amr qilinguncha, yechmayman. Toki, Alloh ularni avf etmaguncha, kechirmayman. Ular oʻzlaricha musulmon gʻazotidan yuz oʻgirdilar»,–dedilar. «Bas, Alloh: «Boshqalar esa, gunohlarini eʼtirof qiladilar»» oyatini to «Shoyadki, Alloh ularning tavbasini qabul qilsa»gacha nozil qildi. «Shoyadki» Allohdan boʻlsa, «vojib»ni anglatadi. Bas, Allohning Paygʻambari ularni qoʻyib yubordilar va kechirdilar».
Soʻngra, Alloh taolo Oʻz Paygʻambariga xitoban dedi: