QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
At-Tawbah surasi · Oyatсураси · Оят103

خُذْ مِنْ أَمْوَٰلِهِمْ صَدَقَةً تُطَهِّرُهُمْ وَتُزَكِّيهِم بِهَا وَصَلِّ عَلَيْهِمْ ۖ إِنَّ صَلَوٰتَكَ سَكَنٌ لَّهُمْ ۗ وَٱللَّهُ سَمِيعٌ عَلِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularning mollaridan sadaqa ol. Bu bilan ularni poklaysan, tozalaysan va ularning haqqiga duo qil. Albatta, sening duoing ular uchun sokinlikdir. Alloh eshitguvchi va bilguvchi Zotdir.Уларнинг молларидан садақа ол. Бу билан уларни поклайсан, тозалайсан ва уларнинг ҳаққига дуо қил. Албатта, сенинг дуоинг улар учун сокинликдир. Аллоҳ эшитгувчи ва билгувчи Зотдир.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), siz ularning mollaridan bir qismini oʻzlarini poklab tozalaydigan sadaqa sifatida oling va ularning haqlariga duo qiling. Albatta, sizning duoingiz ular uchun orom-osoyishtalik boʻlur. Alloh eshitguvchi, bilguvchidir.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), сиз уларнинг молларидан бир қисмини ўзларини поклаб тозалайдиган садақа сифатида олинг ва уларнинг ҳақларига дуо қилинг. Албатта, сизнинг дуоингиз улар учун ором-осойишталик бўлур. Аллоҳ эшитгувчи, билгувчидир.

203-sahifa · 11-juz · 21-hizb203-саҳифа · 11-жуз · 21-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
خُذْolолمِنْ-dan-данأَمْوَٰلِهِمْularning mollariуларнинг моллариصَدَقَةًۭsadaqaсадақаتُطَهِّرُهُمْularni poklaysanуларни поклайсанوَتُزَكِّيهِمva tozalaysanва тозалайсанبِهَاu bilanу биланوَصَلِّva duo qilва дуо қилعَلَيْهِمْ ۖularning haqqigaуларнинг ҳаққигаإِنَّalbattaалбаттаصَلَوٰتَكَsening duoingсенинг дуоингسَكَنٌۭsokinlikdirсокинликдирلَّهُمْ ۗular uchunулар учунوَٱللَّهُva Allohва Аллоҳسَمِيعٌeshitguvchiэшитгувчиعَلِيمٌbilguvchi zotdirбилгувчи зотдир
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimaning nozil boʻlish sababi haqida Ibn Jarir Tobariy rahmatullohi alayhi Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan quyidagilarni rivoyat qiladilar:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abu Luboba va uning sheriklarini qoʻyib yuborganlaridan keyin ular molu mulklarini olib kelib Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilariga qoʻydilar va:

«Mana, molu dunyomizni olib bizning nomimizdan sadaqa qiling va bizning haqqimizga duo qiling, bizni poklang»,–deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Menga amr qilinmaguncha, bulardan hech narsa olmayman»,–dedilar. Shunda, Alloh: «Ularning mollaridan sadaqa ol. Bu bilan ularni poklaysan, tozalaysan va ularning haqqiga duo qil. Albatta, sening duoing ular uchun sokinlikdir», oyatini nozil qildi. Bu, ular qilgan gunohlari uchun istigʻfor ayt, deganidir. Oyat nozil boʻlganidan keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularning mollaridan bir qismini olib, nomlaridan sadaqa qildilar».

Ularning sadaqasini olish koʻngillarini toʻldirdi. Tavbalari haqiqatda qabul boʻlgani ularning koʻngillarini ravshan qildi. Rasuli akram sollallohu alayhi vasallamning duolari mukofot boʻldi.

«Alloh eshitguvi va bilguvchi Zotdir».

Duolarni eshitadi, kim chin dildan tavba qilganini biladi.