أَلَمْ يَعْلَمُوٓا۟ أَنَّ ٱللَّهَ هُوَ يَقْبَلُ ٱلتَّوْبَةَ عَنْ عِبَادِهِۦ وَيَأْخُذُ ٱلصَّدَقَـٰتِ وَأَنَّ ٱللَّهَ هُوَ ٱلتَّوَّابُ ٱلرَّحِيمُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular, albatta, Alloh O`z bandalaridan tavbani qabul qilishini va sadaqalarni olishini va, albatta, Allohning O`zi tavbalarni ko`plab qabul qilguvchi va rahimli Zot ekanini bilmaslarmi?Улар, албатта, Аллоҳ Ўз бандаларидан тавбани қабул қилишини ва садақаларни олишини ва, албатта, Аллоҳнинг Ўзи тавбаларни кўплаб қабул қилгувчи ва раҳимли Зот эканини билмасларми?Alauddin Mansour: Ular (gunohkorlar) Allohning Oʻzi bandalari tomonidan boʻlgan tavbani qabul etishini, sadaqalarni ham (Oʻz dargohida) qabul qilishini va haqiqiy tavbalarni qabul etguvchi va mehribon zot Allohning Oʻzi ekanini bilmadilarmi?!Улар (гуноҳкорлар) Аллоҳнинг Ўзи бандалари томонидан бўлган тавбани қабул этишини, садақаларни ҳам (Ўз даргоҳида) қабул қилишини ва ҳақиқий тавбаларни қабул этгувчи ва меҳрибон зот Аллоҳнинг Ўзи эканини билмадиларми?!
Yaʼni, bu ishlarni faqat Allohning Oʻzigina qiladi. Boshqa hech kimning haqqi yoʻq. Shuning uchun, Rasululloh bizni kechirib yechmagunicha oʻzimizni yechmaymiz, deganlarni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Allohdan amr boʻlmaguncha yechmay turdilar. Chunki, u zot sollallohu alayhi vasallamning ham bunga haqlari yoʻq edi. Ular sadaqalarini olib kelganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Allohdan amr boʻlmaguncha olmay turganlarining sababi ham shundan.
Quyidagi oyatda Paygʻambarimizga gʻazotga bormay qolib, keyin tavba etgan musulmonlarga bevosita quyidagi xitobni qilish topshiriladi: