وَقُلِ ٱعْمَلُوا۟ فَسَيَرَى ٱللَّهُ عَمَلَكُمْ وَرَسُولُهُۥ وَٱلْمُؤْمِنُونَ ۖ وَسَتُرَدُّونَ إِلَىٰ عَـٰلِمِ ٱلْغَيْبِ وَٱلشَّهَـٰدَةِ فَيُنَبِّئُكُم بِمَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Amal qilinglar! Bas, albatta, Alloh, Uning Rasuli va mo`minlar amalingizni ko`radilar. Va, albatta, g`aybni va shahodatni bilguvchi Zotga qaytarilasizlar. Bas, U sizlarga qilib yurgan amallaringizning xabarini beradi», – deb ayt.Сен: «Амал қилинглар! Бас, албатта, Аллоҳ, Унинг Расули ва мўминлар амалингизни кўрадилар. Ва, албатта, ғайбни ва шаҳодатни билгувчи Зотга қайтариласизлар. Бас, У сизларга қилиб юрган амалларингизнинг хабарини беради», – деб айт.Alauddin Mansour: Ayting: «(Xohlagan) amalni qilinglar. Bas, Alloh, Uning paygʻambari va moʻminlar qilgan amallaringizni koʻrib turar va yaqinda gʻaybu shahodatni (yaʼni, yashirin va oshkor narsalarning barchasini) bilguvchi Zotga qaytarilursizlar. Bas, U zot sizlarga qilib oʻtgan amallaringizning xabarini berur».Айтинг: «(Хоҳлаган) амални қилинглар. Бас, Аллоҳ, Унинг пайғамбари ва мўминлар қилган амалларингизни кўриб турар ва яқинда ғайбу шаҳодатни (яъни, яширин ва ошкор нарсаларнинг барчасини) билгувчи Зотга қайтарилурсизлар. Бас, У зот сизларга қилиб ўтган амалларингизнинг хабарини берур».
Sodir boʻlgan gunohga afsuslanish, undan tavba qilish maʼnaviyatga, his-tuygʻuga bogʻliq narsa. Bu bilan ish tugab qolmaydi. Balki, tavba va nadomat haqiqiy ekanligini bildiruvchi alomatlar bor. Bu alomatlar tavbadan keyin inson oʻzini qanday tutishiga bogʻliqdir. Tavbadan keyin yaxshi amallarni qilib ketsa, tavbasi haqiqiy boʻladi. Boʻlmasa, yoʻq.
«Amal qilinglar! Bas, albatta, Alloh, Uning Rasuli va moʻminlar amalingizni koʻradilar».
Ana oʻshanda tavbangiz haqiqiymi, soxtami ekani ayon boʻladi. Chunki, ogʻiz bilan, tavba qildim, deyish oson, lekin, tavba taqozosi ila amal qilish oson emas.
Baʼzi ulamolarimiz bunday hollarda bir yil davomida tavba qiluvchini kuzatiladi. Ana oʻsha muddatda u oʻzi tavba qilgan gunohni takrorlamasa, tavbasi haqiqiy boʻladi, deganlar.
Oyati karimaning davomida tavba qilgan gunohkorlarga quyidagi xitob qilinmoqda:
«Va, albatta, gʻaybni va shahodatni bilguvchi Zotga qaytarilasizlar. Bas, U sizlarga qilib yurgan amallaringizning xabarini beradi».
Albatta Alloh taologa qaytilishdan boshqa iloj yoʻq. U zot hamma- hamma narsani, gʻayni ham, oshkorni ham bilib turadi. Ana oʻsha ilmi yuzasidan oxiratda barchaga ularning qilib yurgan amallari xabarini, qilganlariga yarasha jazo yoki mukofotini ham beradi.
Islom jamiyatida oʻsha paytda mavjud toʻrtinchi toifa: