QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
At-Tawbah surasi · Oyatсураси · Оят33

هُوَ ٱلَّذِىٓ أَرْسَلَ رَسُولَهُۥ بِٱلْهُدَىٰ وَدِينِ ٱلْحَقِّ لِيُظْهِرَهُۥ عَلَى ٱلدِّينِ كُلِّهِۦ وَلَوْ كَرِهَ ٱلْمُشْرِكُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U, garchi mushriklar yoqtirmasa ham, O`z Rasulini hidoyat va haq din bilan uni hamma dindan ustun qilish uchun yuborgan Zotdir.У, гарчи мушриклар ёқтирмаса ҳам, Ўз Расулини ҳидоят ва ҳақ дин билан уни ҳамма диндан устун қилиш учун юборган Зотдир.Alauddin Mansour: U (Alloh) Oʻz paygʻambarini hidoyat va haq din bilan — garchi mushriklar xohlamasalar-da — barcha dinlarga gʻolib qilish uchun yuborgan Zotdir.У (Аллоҳ) Ўз пайғамбарини ҳидоят ва ҳақ дин билан — гарчи мушриклар хоҳламасалар-да — барча динларга ғолиб қилиш учун юборган Зотдир.

192-sahifa · 10-juz · 19-hizb192-саҳифа · 10-жуз · 19-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
هُوَUУٱلَّذِىٓshunday zotdirkiшундай зотдиркиأَرْسَلَyuborganюборганرَسُولَهُۥOʻz RasuliniЎз Расулиниبِٱلْهُدَىٰhidoyat ilaҳидоят илаوَدِينِva diniва диниٱلْحَقِّhaqҳақلِيُظْهِرَهُۥuni ustun qilish uchunуни устун қилиш учунعَلَى-dan-данٱلدِّينِdinlarдинларكُلِّهِۦhammasidanҳаммасиданوَلَوْva garchiва гарчиكَرِهَyoqtirmasa hamёқтирмаса ҳамٱلْمُشْرِكُونَmushriklarмушриклар
TafsirТафсир

Alloh taolo Oʻz Paygʻambari Muhammad sollallohu alayhi vasallamni hidoyat va haq din bilan yuborgan. U Oʻz dini Islomning dunyodagi barcha dinlardan ustun boʻlishini xohlaydi. Ahli kitoblar Allohnig bu xohishiga qarshi chiqadilar. Ular Islomning bosh- qa dinlardan ustunligini koʻra olmaydilar. Shuning uchun, qoʻllaridan kelgan barcha yomonliklarni qiladilar. Ahli kitoblar Allohning nuri toʻla boʻlishini yoqtirmaydilar. Ular bu nurni ogʻizlari bilan oʻchirishga intiladilar. Bu nurga–Islomga qarshi ogʻizlaridan turli igʻvo-boʻhtonlar chiqadi. Shuning uchun ham, ularga nisbatan yuqoridagiday hukm chiqishi ayni adolatdir.

Ahli kitoblarga nisbatan chiqqan hukmning yana bir sababi quyidagi oyatda zikr qilinadi: