۞ يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ إِنَّ كَثِيرًا مِّنَ ٱلْأَحْبَارِ وَٱلرُّهْبَانِ لَيَأْكُلُونَ أَمْوَٰلَ ٱلنَّاسِ بِٱلْبَـٰطِلِ وَيَصُدُّونَ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ ۗ وَٱلَّذِينَ يَكْنِزُونَ ٱلذَّهَبَ وَٱلْفِضَّةَ وَلَا يُنفِقُونَهَا فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ فَبَشِّرْهُم بِعَذَابٍ أَلِيمٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, iymon keltirganlar! Albatta, hibr va rohiblarning ko`plari odamlarning mollarini botil yo`l bilan yerlar va Allohning yo`lidan to`sarlar. Oltin va kumushni xazinaga bosadigan, Allohning yo`lida sarflamaydiganlarga alamli azobning bashoratini beraver.Эй, иймон келтирганлар! Албатта, ҳибр ва роҳибларнинг кўплари одамларнинг молларини ботил йўл билан ерлар ва Аллоҳнинг йўлидан тўсарлар. Олтин ва кумушни хазинага босадиган, Аллоҳнинг йўлида сарфламайдиганларга аламли азобнинг башоратини беравер.Alauddin Mansour: Ey moʻminlar, oʻsha donishmandlar, rohiblardan koʻpchiligi odamlarning mollarini nohaq (yoʻl) bilan yeydilar va Allohning yoʻlidan toʻsadilar. Oltin-kumushni bosib, uni Alloh yoʻlida infoq-ehson qilmaydigan kimsalarga alamli azob «xushxabarini» yetkazing!Эй мўминлар, ўша донишмандлар, роҳиблардан кўпчилиги одамларнинг молларини ноҳақ (йўл) билан ейдилар ва Аллоҳнинг йўлидан тўсадилар. Олтин-кумушни босиб, уни Аллоҳ йўлида инфоқ-эҳсон қилмайдиган кимсаларга аламли азоб «хушхабарини» етказинг!
Ahli kitoblarning hibr va rohiblari mol-dunyoga oʻchligi tarixda maʼlum va mashhurdir. Ular odamlarning mollarini botil yoʻl bilan yeganlar. Ushbu oyati karimada bu qabih ish ularning «koʻplariga» nisbat berilmoqda. Ozchiligi botil yoʻl bilan odamlarning molini yeyishga qiziqmaydi. Bu esa, voqelikka toʻgʻri keladi. Bir vaqtlar hibr va rohiblar toʻplagan dunyolari podshoh va imperatorlarnikidan ham koʻpligi oshkor boʻlgan.
«Ey, iymon keltirganlar! Albatta, hibr va rohiblarning koʻplari odamlarning mollarini botil yoʻl bilan yerlar va Allohning yoʻlidan toʻsarlar».
Hozirda ham bu ish davom etmoqda. Ahli kitoblarning diniy muassasalariga, ularning jamgʻarmalariga nazar solgan kishi buni yaxshi bilib oladi.
Oyati karimada bayon qilinishicha, hibr va rohiblar faqat odamlarning mollarini botil yoʻl orqali yeyish bilan kifoyalanib qolishmaydi. Balki, Allohning yoʻlidan toʻsadilar ham:
«Albatta, hibr va rohiblarning koʻplari odamlarning mollarini botil yoʻl bilan yerlar va Allohning yoʻlidan toʻsarlar».
Bugungi kunda odamlarni Allohning yoʻlidan toʻsish va musulmonlarni Islomdan chiqarish uchun hadsiz-hisobsiz mablagʻlar sarflanmoqda. Hibr va rohiblarning odamlarni Allohning yoʻlidan toʻsishlari haqida har qancha gapirilsa oz. Shu bois, ularga qarshi yuqoridagi hukm chiqqan. Oyatning davomida oltin-kumushlarni yigʻib-toʻplab, Allohning yoʻlida sarflamaydiganlarga alamli ozoblar boʻlishi haqida ham soʻz ketadi.
«Oltin va kumushni xazinaga bosadigan, Allohning yoʻlida sarflamaydiganlarga alamli azobning bashoratini beraver».
Mazkur alamli azobning qanday boʻlishi quyidagi oyati karimada bayon qilinadi: